Anatomiya 2014. indd
pastki yuzasida halqum do‘mboqchasi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
, pastki yuzasida
halqum do‘mboqchasi ko‘rinib turadi. Lateral qismi juft, noto‘g‘ri shaklga ega. Uning pastki yuzasi- da atlantning ustki bo‘g‘im yuzasi bilan bog‘im hosil qiluvchi el- lips shaklidagi ensa suyagi do‘ngi joylashgan. Uning o‘rtasidan til osti nervi kanali o‘tadi. Ensa do‘ngi orqasida do‘ng chuqurcha- si bo‘lib, uning tubida kanal bor. Ensa suyagi do‘ngining yon to- monida bo‘yinturuq kemtigi bo‘lib, u chakka suyagidagi shunday kemtik bilan qo‘shilib bo‘yinturuq teshigini hosil qiladi. Lateral qismning miya yuzasida sigmasimon sinus egati joylashgan. Ensa suyagining pallasi tashqariga qavargan keng plastinka shaklida. Uning tashqi yuzasining o‘rtasida ensa suyagining tash- qi do‘ngligi bor bo‘lib, undan to katta teshikkacha ensa suyagi- 117 ning tashqi qirrasi yo‘nalgan. Ensa suyagining tashqi do‘ngligi- dan o‘ng va chap tomonga pastga qarab egilgan ensaning yuqori bo‘yin chizig‘i yo‘naladi. Unga parallel ravishda ensa suyagining tashqi qirrasining o‘rta qismidan ensaning pastki bo‘yin chizig‘i boshlanadi. Bundan tashqari ensa suyagining tashqi do‘ngligi us- tida uncha yaxshi bilinmagan ensaning eng yuqori bo‘yin chizig‘i joylashgan. Ensa suyagi pallasining ichki botiq miya yuzasida joy- lashgan xochsimon tepalik uni to‘rtta chuqurchaga bo‘ladi. Uning markazida ichki ensa do‘ngligi joylash gan. U pastga tomon torayib ensa suyagining ichki qirrasiga davom etadi. Undan yuqori tomon- ga qarab yuqorigi sagittal sinus egati ketadi. O‘ng va chap tomonga yo‘nalgan ko‘ndalang sinus egati sigmasimon sinus egatiga o‘tadi. Ensa suyagi pallasining ustki va yon chekkasi tishlari yaxshi bilina- di, u chakka va tepa suyaklari bilan birla shadi. Tepa suyagi (os parietale, 60-rasm) juft suyak bo‘lib, kalla gumbazi yuqori yon qismlarini tashkil qiladi. U to‘rt qirrali va to‘rt burchakli, tashqariga gumbazsimon bo‘rtib chiqqan plastin- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling