Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kallaning miya qismi suyaklari
58-rasm. Kalla suyagi.
Yon tomondan ko‘rinishi: 1–peshona suyagi; 2–burun suyagi; 3–yonoq suyagi; 4–ustki jag‘ suyagi; 5–pastki jag‘; 6–ponasimon suyak; 7–chakka suyagi; 8–ensa suyagi; 9–tepa suyagi. 116 ikkita toq: pastki jag‘ va dimog‘ suyaklari kiradi. Bu qismga til osti suyagi ham kiradi. Ko‘pgina kalla suyaklarida qon tomir va nerv- lar o‘tadigan teshiklar va kanallar bor. Kallaning ba’zi suyakla- rida havo saqlovchi bo‘shliqlar yoki katakchalar bo‘ladi. Kalla- ning shakli bosh miya va chavnov apparatini taroqqiyotiga bog‘liq bo‘ladi. Odam kallasining miya qismi yuz qismiga nisbatan kat- ta bo‘ladi. Kallaning miya qismi suyaklari Kallaning miya suyaklari kalla gumbazi va kalla asosini hosil qi luvchi suyaklarga bo‘linadi. Kalla gumbazini peshona suyagi- ning palla qismi, tepa suyagi, ensa va chakka suyagining palla qis- mi va ponasimon suyakning katta qanoti hosil qiladi. Kalla suyagi miya qismi asosini ensa suyagining asos va lateral qismlari, ponasimon suyak, chakka suyagining toshsimon qismi, g‘alvirsimon suyakning g‘alvirsimon plastinkasi hosil qiladi. Ensa suyagi (os occipitale, 59-rasm) kallaning miya qismi- ning orqa pastki sohasini hosil qiladi. Unda ensa suyagining asos qismi, lateral qismi va ensa suyagining pallasi tafovut qilinadi. Bu qismlar o‘zaro birikib, kalla bo‘shlig‘ini umurtqa kanali bilan qo‘shuvchi katta teshikni hosil qiladi. Еnsa suyagini asos qismi katta teshikni old tomonida joylash- gan bo‘ lib, 18–20 yoshlarda ponasimon suyak tanasiga qo‘shi- lib ketadi. Uning miya yuzasi tarnov shaklida bo‘lib, ponasimon suyak tanasi bilan birgalikda yuza nishabni hosil qiladi. Uning lateral chekkasida pastki toshsimon sinus egati Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling