Anatomiya fani tushunchasiga ega bo'lish va mohiyatini anglash
Bosh, tana, qo‘l-oyoq muskullari haqida ma'lumotga ega bo'lish
Download 32.4 Kb.
|
анатомия
Bosh, tana, qo‘l-oyoq muskullari haqida ma'lumotga ega bo'lish
Oyoq muskullari Oyoq muskullari: son, boldir, oyoq panjasi muskullariga bo’linadi. Son muskullari. Sonning atrofidagi muskullar 3 gruppaga: oldingi, ichki, orqa gruppaga bo’linadi. Ularning ko’pchiligi boldirga birikadi. Ular qisqarganda tizza, qisman tos-son bo’g’imidagi harakatda ishtirok etadi. Sonning oldingi tomonida asosan 2 ta muskul, sonning to’rt boshli muskuli bilan tikuvchi muskul bor. Sonning to’rt boshli muskuli (m. quadriceps femoris) organizmdagi eng yirik muskul bo’lib, og’irligi 2 kg ga Yetadi. Uning 4 ta boshi alohida 4 ta qorincha hosil qiladi va alohida muskul bo’lib hisoblanadi. Bu muskulning eng uzun to’g’ri boshi yonbosh suyagining oldingi yuqorigi o’sig’idan boshlanadi. Chetki, ichki, keng, oraliq boshi son suyagidan boshlanib, boshlarining hammasi pastda, yaxlit payga birikadi. Bu pay tizza qopqog’ini o’rab turib, katta boldir suyagining do’ngchasiga birikadi. U qisqarganda to’g’ri boshi tos-son bo’g’imini bukishda, umuman, tizza bo’g’imini yozishda ishtirok etadi. Tikuvchi muskul (m. sarto-rius) organizmdagi eng uzun muskul bo’lib yonbosh suyagining oldingi ustki o’sig’idan boshlanib, sonning orqasiga o’tadi va katta boldir suyagining medial tomoniga birikadi. Bu muskul ikkita bo’g’imdan o’tib qisqarsa, ikkala bo’g’imni bukadi, boldirni ichki tomonga buradi. Sonning keng fastsiyasini tortuvchi muskul (m. tensor fasciae latae) sonning yon tomonida joylashgan. U yonbosh suyagining oldingi yuqorigi o’sig’idan boshlanib, sonning fastsiyasiga birikadi. Qisqarganda fastsiyani tortish bilan sonni bukadi. Sonning ichki tomonida yaqinlashtiruvchi muskullar joylashgan. Taroqsimon muskul (m. pectineus) qovuq suyagining qirrasidan boshlanib, son suyagiga birikadi. U qisqarganda sonni yaqinlashtiradi va uni bukishda ishtirok etadi. Yaqinlashtiruvchi uzun (m. adductor longus), yaqinlashtiruvchi kalta (m. adductor brevis), yaqinlashtiruvchi katta (adductor magnus) muskullar qovuq suyagidan va oxirgisi o’tirg’ich suyagidan boshlanib, son suyagi ichki tomonining turli qismiga birikadi. Ular qisqarganda, asosan sonni yaqinlashtiradi. Yaqinlashturuvchi katta muskul tos-son bo’g’imini yozishda ham ishtirok etadi. Nozik muskul(m. gracilis) 2 bo’g’imli bo’lib, qovuqning pastki tarmog’idan boshlanib, katta boldir suyagining g’adir-budurligiga birikadi. Tos-son bo’g’imini yaqinlashtirishda va tizza bo’g’imini bukishda ishtirok etadi. Sonning orqa tomonidagi muskullar Sonning ikki boshli muskuli (m. biceps femoris) chetki tomonda joylashgan. Uzun boshi o’tirg’ich do’ngchasidan, kalta boshi son suyagining g’adir-budurligidan boshlanib, ikkala boshi birlashib, pastda kichik boldir suyagining boshidagi cho’qqiga birikadi. Bu muskul qisqarganda, tos-son bo’g’imini yozishda, tizza bo’g’imini bukishda ishtirok etadi. Yarim pay muskul (m. semitendinosus) o’tirg’ich do’ngchasidan va son suyagidan boshlanib, uzun payi bilan katta boldir suyagining medial tomoniga birikadi. Yarim parda muskul (m. semimembranosus) keng payi bilan o’tirg’ich do’ngchasidan, son suyagining opqa tomonidan boshlanib, katta boldir suyagining orqa tomoniga va tizza bo’g’imi xaltachasiga birikadi. Bu muskul qisqarganda, tos-son bo’g’imini yozishda, tizza bo’g’imini bukishda ishtirok etadi. Sonning ikki boshli muskuli tizza bukilgan holatda oyoqni tashqi tomonga, yarim pay va yarim parda muskullar ichki tomonga buradi. Boldir muskullari Boldir muskullari joylashishiga qarab 3 ga: oldingi, orqa va chetki muskullarga bo’linadi. Boldirning oldingi tomonida yozuvchi, orqa tomonida bukuvchi muskullar joylashgan. Boldirning oldingi muskullari Katta boldirning oldingi muskuli (m. tibialis anterior) katta boldir suyagidan suyaklararo parda va boldir fastsiyasidan boshlanib, oyoq panjasining I kaft suyagi asosiga va ponasimon suyakka birikadi. Bu muskul qisqarganda oyoq, panjasini yozadi va bir oz supinirlaydi, ya`ni tashqi tomonga qarab buradi. Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul (m. extensor digitorum longus) katta boldirning chetki do’ngchasidan, suyaklararo parda va kichik boldir suyagidan boshlanib, pastda 4 ta payga bo’linadi va II—V barmoqlarga birikadi. Qisqarganda shu barmoqlarni va oyoq panjasini yozadi. Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul (m. extensor hallucis longus) kichik boldir suyagidan, suyaklararo pardadan boshlanib, bosh barmoqning oxirgi falangasiga birikadi, u qisqarganda bosh barmoqni va oyoq panjasini supinirlaydi. Boldirning orqa muskullari Orqada boldirning uch boshli muskuli yaxshi rivojlangan. Chunki u dumbaning katta va sonning to’rt boshli muskullari bilan birgalikda gavdani tik tutishda ahamiyatga ega. Boldirning uch boshli muskuli (m. triceps surae). Bu muskulning ikki qorinli boshi (gastrocneraius) sonning 2 ta to’pig’idan boshlanib, kuchli qorinchalar hosil qiladi. Uning tagida kambalasimon yassi boshi (soleus) joylashgan. Bu ikki boshi boldir suyagining orqa tomonidan boshlanib, uchala boshi pastda baquvvat tovon payiga aylanadi. Bu pay tovon suyagining tovon o’simtasiga birikadi. Muskul qisqarganda tizza va oyoq-panja bo’g’imini bukadi. Tizza osti muskuli (t. popliteus) tizza bo’g’imi ostida joylashgan. Katta boldirning orqa muskuli (m. tibialis posterior) suyaklararo pardadan va ikkita boldir suyagining orqasidan boshlanib, oyoq panjasi tagidan o’tib, qayiqsimon suyakka, uchta ponasimon suyakka, II-IV kaft suyaklari asosiga birikadi. U qisqarganda oyoq panjasini bukadi. Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor hallucis longus) kichik boldir suyagidan boshlanib, oyoq panjasi tagidan o’tadi va bosh barmoqning tirnoq falangasiga birikadi. U qisqarganda bosh barmoqni va oyoq panjasini bukadi va supinatsiyalaydi. Barmoqlarni bukuvchi uzun muskul (m. fcxor digitorum longus) katta boldir suyagining orqa tomonidan boshlanib, pastda to’rtta payga bo’linadi va II-IV barmoqlarning oxirgi falangasiga birikadi. U qisqarganda barmoqlarni va oyoq panjasini bukadi. Boldirning lateral (chet) tomonida, asosan, 2 ta muskul joylashgan. Kichik boldirning uzun muskuli (m. peroneus Longus) kichik boldir suyagining boshchasidan boshlanadi, u oyoq panjasi tagidan o’tib, I ponasimon va I kaft suyaklari asosiga birikadi. U qisqarganda panjani bukadi, pronatsiyalaydi, ya`ni uni ichki tomonga qarab buradi. Kichik boldirnin kalta muskuli (m. peroneus brevis) kichik boldir suyagi tanasining tashqi yuzasidan, pastki qismidan boshlanib, pastga tushib, chetga o’tadi va V kaft suyagiga birikadi. U qisqarganda panjani bukadi, pronatsiyalaydi, ya`ni ichki tomonga qarab buradi va tanadan uzoqlashtiradi. Oyoq panjasining muskullari Oyoq panjasida barmoqlarni yozuvchi kalta muskullar bo’lib, ular, asosan, panjalar tagida joylashgan. Panjalar ustida quyidagi 2 ta muskul joylashgan bo’ladi. Barmoqlarni yozuvchi kalta muskul (m. exfensor digitorum brevis) tovon suyagi oldingi qismining yuqorigi na tashqi yuzasidan boshlanib, to’rtta qorinchaga bo’linadi va II, III, IV barmoqlar falangasiga birikadi. U qisqarganda barmoqlarni yozadi. Bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (m. exfensor hallucis brevis) bosh barmoqni yozadi. Oyoq panjasi tagida juda ko’p muskullar bo’lib, ular uch gruppaga bo’linadi. Bosh barmoq muskullari gruppasiga bosh barmoqni bukuvchi kalta, uzoqlashtiruvchi va yaqinlashtiruvchi muskullar kiradi. V barmoq muskullariga uzoqlashtiruvchi, qarama-qarshi qoyuvchi va bukuvchi muskullar kiradi. O’rta gruppa: barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va kaft suyaklari orasidagi muskullar kiradi. Bu muskullar oyoqning yerga tayanishida va barmoqlar harakatida ishtirok etadi.
Bosh muskullari: chaynash muskullari, mimik muskullar, bosh fassiyalari. Bo‘yin muskullari: bo‘yinning topografik anatomiyasi. Download 32.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling