Anatomiya fani tushunchasiga ega bo'lish va mohiyatini anglash


Download 32.4 Kb.
bet12/16
Sana26.12.2021
Hajmi32.4 Kb.
#183115
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
анатомия

Nozik  muskul(m. gracilis) 2 bo’g’imli bo’lib, qovuqning pastki tarmog’idan boshlanib, katta boldir suyagining g’adir-budurligiga birikadi. Tos-son bo’g’imini yaqinlashtirishda va tizza bo’g’imini bukishda ishtirok etadi.

Sonning orqa tomonidagi muskullar

Sonning ikki boshli muskuli (m. biceps femoris) chetki tomonda  joylashgan. Uzun boshi   o’tirg’ich   do’ngchasidan,   kalta   boshi son   suyagining   g’adir-budurligidan boshlanib, ikkala boshi birlashib, pastda kichik boldir suyagining boshidagi cho’qqiga birikadi. Bu muskul qisqarganda, tos-son bo’g’imini yozishda, tizza bo’g’imini bukishda ishtirok  etadi.

Yarim pay muskul (m. semitendinosus) o’tirg’ich do’ngchasidan va son suyagidan boshlanib, uzun payi bilan katta boldir suyagining medial tomoniga birikadi.

Yarim parda muskul (m. semimembranosus) keng payi bilan o’tirg’ich do’ngchasidan, son suyagining opqa tomonidan boshlanib, katta boldir suyagining orqa tomoniga va tizza bo’g’imi xaltachasiga birikadi. Bu muskul qisqarganda, tos-son bo’g’imini yozishda, tizza bo’g’imini bukishda ishtirok etadi. Sonning ikki boshli muskuli tizza bukilgan holatda oyoqni tashqi tomonga, yarim pay va yarim parda muskullar ichki tomonga buradi.

Boldir muskullari

Boldir muskullari joylashishiga qarab 3 ga: oldingi, orqa va chetki muskullarga bo’linadi. Boldirning oldingi tomonida yozuvchi, orqa tomonida bukuvchi muskullar joylashgan.

Boldirning oldingi muskullari

Katta   boldirning   oldingi muskuli (m. tibialis anterior) katta boldir suyagidan suyaklararo parda va boldir   fastsiyasidan  boshlanib,  oyoq  panjasining I kaft suyagi asosiga va ponasimon suyakka birikadi. Bu muskul qisqarganda oyoq, panjasini yozadi va bir oz supinirlaydi, ya`ni tashqi tomonga qarab buradi.

Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul (m. extensor digitorum longus) katta boldirning chetki do’ngchasidan, suyaklararo parda va kichik boldir suyagidan boshlanib, pastda 4 ta payga bo’linadi va II—V barmoqlarga birikadi. Qisqarganda shu barmoqlarni va oyoq panjasini yozadi.

Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul (m. extensor hallucis longus) kichik boldir suyagidan, suyaklararo pardadan boshlanib, bosh barmoqning oxirgi falangasiga birikadi, u qisqarganda bosh barmoqni va oyoq panjasini supinirlaydi.

Boldirning  orqa muskullari

Orqada boldirning uch boshli muskuli yaxshi rivojlangan. Chunki  u dumbaning katta va sonning to’rt boshli muskullari bilan birgalikda gavdani tik tutishda ahamiyatga ega.

Boldirning uch boshli muskuli (m. triceps surae). Bu muskulning ikki qorinli boshi (gastrocneraius) sonning 2 ta to’pig’idan boshlanib, kuchli qorinchalar hosil qiladi. Uning tagida kambalasimon yassi boshi (soleus) joylashgan. Bu ikki boshi boldir suyagining orqa  tomonidan boshlanib,  uchala  boshi pastda baquvvat tovon payiga aylanadi. Bu pay tovon suyagining tovon o’simtasiga birikadi. Muskul qisqarganda tizza va oyoq-panja bo’g’imini bukadi.

Tizza osti muskuli (t. popliteus) tizza bo’g’imi ostida joylashgan.

Katta boldirning orqa muskuli (m. tibialis posterior) suyaklararo pardadan va ikkita boldir suyagining orqasidan boshlanib, oyoq panjasi tagidan o’tib, qayiqsimon suyakka, uchta ponasimon suyakka, II-IV kaft suyaklari asosiga birikadi. U qisqarganda oyoq panjasini bukadi.

Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor hallucis longus) kichik boldir suyagidan boshlanib, oyoq panjasi tagidan o’tadi va bosh barmoqning tirnoq falangasiga birikadi. U qisqarganda bosh barmoqni va oyoq panjasini bukadi va supinatsiyalaydi.

Barmoqlarni bukuvchi  uzun muskul (m. fcxor digitorum longus) katta boldir suyagining orqa tomonidan boshlanib, pastda to’rtta payga bo’linadi va II-IV barmoqlarning oxirgi falangasiga birikadi. U   qisqarganda barmoqlarni va oyoq panjasini bukadi.

Boldirning lateral (chet) tomonida, asosan, 2 ta muskul joylashgan.

Kichik boldirning  uzun muskuli (m. peroneus Longus) kichik boldir suyagining boshchasidan boshlanadi, u oyoq panjasi tagidan o’tib, I ponasimon va I kaft suyaklari asosiga birikadi. U qisqarganda panjani   bukadi,    pronatsiyalaydi, ya`ni  uni  ichki  tomonga  qarab  buradi.                                                  

Kichik   boldirnin  kalta  muskuli (m. peroneus brevis) kichik boldir suyagi tanasining  tashqi yuzasidan, pastki qismidan boshlanib, pastga tushib, chetga o’tadi va V kaft suyagiga birikadi. U qisqarganda panjani bukadi, pronatsiyalaydi, ya`ni ichki tomonga qarab buradi va tanadan uzoqlashtiradi.

Oyoq  panjasining muskullari

Oyoq panjasida barmoqlarni yozuvchi kalta muskullar bo’lib, ular,  asosan,   panjalar tagida joylashgan. Panjalar ustida   quyidagi 2 ta muskul joylashgan bo’ladi.

Barmoqlarni yozuvchi kalta muskul (m. exfensor digitorum brevis) tovon  suyagi oldingi qismining yuqorigi  na tashqi  yuzasidan boshlanib, to’rtta qorinchaga bo’linadi va II, III, IV barmoqlar falangasiga birikadi. U qisqarganda barmoqlarni yozadi.

Bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (m. exfensor hallucis brevis)   bosh barmoqni yozadi.  Oyoq    panjasi    tagida    juda ko’p    muskullar    bo’lib,   ular   uch  gruppaga   bo’linadi.   Bosh    barmoq muskullari  gruppasiga   bosh  barmoqni bukuvchi    kalta, uzoqlashtiruvchi   va   yaqinlashtiruvchi muskullar kiradi.  V barmoq muskullariga uzoqlashtiruvchi,   qarama-qarshi   qoyuvchi va   bukuvchi  muskullar kiradi.    O’rta    gruppa:   barmoqlarni  bukuvchi   kalta    muskul va kaft  suyaklari orasidagi muskullar   kiradi.  Bu muskullar oyoqning yerga  tayanishida va barmoqlar harakatida ishtirok etadi.
[1]1.Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 138-bet

 

[2]1.Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 141-bet



 






Bosh, tana, qo‘l-oyoq muskullari.

Oyoq muskullari: tos muskullari, son muskullari, boldir muskullari, to‘piq muskullari. 7-mavzu. Ichki organlar tuzilishi


Download 32.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling