Anatomiya fani tushunchasiga ega bo'lish va mohiyatini anglash


Download 32.4 Kb.
bet10/16
Sana26.12.2021
Hajmi32.4 Kb.
#183115
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
анатомия

Ichki   qanotsimon   muskul (m. pterygoideus medialis) asosiy suyakning qanotsimon o’simtasidan boshlanib, pastki jag’ suyagining burchagiga ichki tomondan birikadi. U qisqarganda pastki jag’ni bir oz orqaga tortib, yuqoriga ko’taradi. Bu muskullar bir tomonlama qisqarsa, pastki jag’ni bir tomonga qiyshaytiradi.

Mimika muskullari

Mimika muskullari odamda yaxshi rivojlangan bo’lib, suyakdan boshlanib teriga birikadi. Ular qisqarganda terini bir tomonga tortib, kishini turli ruhiy holatlarda aks ettiradi. Mimika muskullari asosan yuzda joylashadi. Ular og’iz, ko’z teshiklari atrofini o’rab oladi. Bu muskullar so’zlash, chaynash, nafas olishda ham ishtirok etadi. Mimika muskullariga: peshana, qoshni chimiruvchi, mag’rurlik, ko’z atrofining halqasimon, burun, yonoq, yuqorigi labning kvadrat va it chuqurchasini to’ldiruvchi, og’izning halqasimon, pastki labning kvadrat, pastki labning uchburchak, iyak, lunj, kulgi muskullari va boshqalar kiradi.

Ko’zning doiraviy muskuli ko’z kosasi va qovoqlar atrofida joylashadi. Ular qisqarganda yuqorigi qovoq pastga tushadi.

Qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi muskul  qoshni chimiradi, ya`ni qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. U bir uchi bilan peshana suyagining burun kismiga, ikkinchi uchi bilan qoshlar terisiga birikadi.

Og’izning doiraviy muskuli og’iz atrofida, lablar ichida joylashgan. U qisqarganda og’izni bekitadi va lablar bir oz oldinga chiqadi. Bu muskul odamsimon maymunlarda yaxshi rivojlangan bo’ladi.

Yonoq  muskuli og’iz burchagini yuqoriga va orqaga tortadi. Lunj muskuli yuqori-pastki jag’lardan boshlanib, og’iz burchagiga birikadi, u qisqarganda og’iz burchagini opqara tortadi, lunjni tishlarga yopishtiradi. So’rish, chaynashga yordam beradi.

Yuqorigi labning kvadrat muskuli uch tutamdan:   yonoq boshi, ko’z kosasi osti va ichki burchak boshidan iborat bo’lib, bular pastda og’iz burchagiga birikadi.

Pastki labning kvadrat muskuli kvadrat shaklda bo’lib, qisqarganda pastki labni pastga tushiradi.

Burun muskuli burun qanotlarida joylashgai. U qisqarganda burun kataklarini toraytiradi.

Pastki labning uchburchak muskuli uchburchak shaklda bo’lib, pastki lab burchagini pastga tortadi.

Kulgi muskulli og’iz burchagi bilan quloq oldi fastsiyasiga tutashgan bo’lib, qisqarganda og’iz burchagini chetga tortadi,

Yelka kamari muskullari

Bu muskullar Yelka kamari, Yelka bo’g’imi, tirsak bo’g’imi, ayniqsa, qo’l  panjasi harakatlarida aktiv ishtirok etadi. Yuqorigi kamar muskullari Yelka kamari, Yelka oldi, panja muskullariga bo’linadi.

Yelka kamari muskullari  Yelka kamari suyaklari  yuzasida bo’lib, asosan, Yelka bo’g’imidagi harakatlarda ishtirok etadi.

Deltasimon muskul (m. deltoideus) eng kuchli muskul bo’lib, o’mrov suyagining akromial uchidan, kurakning akromial o’simtasi va qirrasidan boshlanib, Yelka suyagining tashqi yuzasidagi  deltasimon g’adir-budurlikka birikadi. Uning 3 gruppasi bo’lib, birinchi gruppasi qisqarsa, bir oz bukish, orqa gruppasi qisqarsa, yozish, umuman, qisqarsa, tanadan uzoqlashish harakatlari bajariladi.

Kurak osti muskuli (m. subscapularis) kurak osti chuqurchasiga joylashib, Yelka suyagining kichik do’ngchasiga birikadi. U qisqarganda uzoqlashgan qo’lni tanaga yaqinlashtiradi va Yelkani ichki tomonga buradi.


Download 32.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling