TIRSAK SUYAGI - Bu naysimon suyakning yuqori uchida tirsak o`simtasi, tojsimon o`simta , ular orasida esa yyelka suyagining g`altagi bilan bo`g`im hosil qiladigan o`yma
- bo’ladi. Tashqi yuza sohasida bilak suyagining boshchasi bilan bo`g`im hosil etadigan o`yma joylashadi. Oldingi sohada mushak birlashadigan tirsak suyagining bo`rtig`i bo’ladi.
- Tirsak suyagining tanasida oldingi qirra , orqa qirra va bilak suyagi tarafidagi qirra bo`ladi. Bu qirralar orasida esa oldingi yuza , orqa yuza ichki yuza hosil bo’ladi. Tirsak suyagining pastki uchida: bigizsimon o`simta boshcha va boshchadagi bo`g`im yuzasi bo`ladi. Tirsak suyagida suyaklanish nuqtasi 8-11 yoshlarda hosil bo’ladi. Diafiz sohasining suyaklanishi embrion taraqqiyotining 2oylarida hosil bo`ladi.
- To’liq suyaklanib ketish 20 yoshlarda yakunlanadi. Distal epifizda suyaklanish nuqtasi 7-8 yoshda hosil bo`ladi.
- Bilak suyagi
BILAK SUYAGI - Naysimon shakldagi bilak suyagining yuqori uchida boshcha, tirsak suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza , yyelka suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi chuqurcha joylashadi. Boshchaning ostida bilak suyagining bo`yin qismi va mushak birikadigan bo`rtiq bo’ladi. Bilak suyagining tanasida oldingi qirra, orqa qirra va tirsak suyagi tarafida suyaklararo qirra bo`ladi. Bu qirralar orasida oldingi yuza, orqa yuza, tashqi yuza hosil bo’ladi. Uning pastki uchida bigizsimon o`simta, tirsak suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi o`yma, kaft usti suyaklari bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza bo`ladi. Bilak suyagi boshchasida suyaklanish nuqtasi 5-6 yoshlarda hosil bo`ladi. Diafiz qismining suyaklanishi embrion tarqqiyotining 2- oyida bo`ladi. Distal epifizda suyaklanish nuqtasi 1—2 yoshda bo`ladi.
QO’L PANJASI SUYAKLARI - Qo`l panjasi suyaklari uch guruh suyaklardan: kaftning ustki qismidagi, qo`l kafti, qo`l barmoqlarining suyaklaridan tashkil topgan. Kaft usti suyaklari ikki qator bo`lib joylashgan 8 ta suyaklardan iborat. Bilak suyaklariga yaqin qatorda quyidagi suyaklar joylashadi: qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali, no`xatsimon. Ikkinchi qatorda quyidagi suyaklar bo`ladi: trapetsiya, trapetsiyasimon boshchali ilmoqsimon. Har bir suyakda yonidagi suyaklar bilan bo`g`im hosil qiluvchi yuzalar bo`ladi. Kaft usti suyaklariga mushaklar birikishidan bo`rtiqlar va ilmoqsimon suyakda ilmoq hosil bo’ladi. Kaft usti suyaklarining kaft yuzasida qayiqsimon suyakning va trapetsiya suyagining bo`rtig`idan tepalik hosil bo`ladi. Ichki tarafdagi tepalik esa no`xotsimon suyak bilan ilmoqsimon suyakning ilmog`idan tashkil topadi. Bu ikki tepaliklar orasida kaft egati hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |