Anatomiya yangi indd


-rasm.Chanoq suyagining ko‘rinishi


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

6-rasm.Chanoq suyagining ko‘rinishi.

Tizza qopqog‘i suyagi organizmdagi eng yirik erkin suyak. U 

uchburchak shakldagi tanasining old tomoni notekis, orqa to-

moni silliq, bu suyakka to‘rt boshli muskul payi birikadi. 

Boldir 

suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyakdan iborat. 

Oyoq kaft (panja) suyaklari 5 ta kalta naysimon suyak bo‘lib, 

bir tekislikda yotadi. Oyoq kaft suyaklari bosh barmoqdan jimjiloq-

qa qarab sanaladi. Ularning asosiy tanasi va boshchasi bor.

 Oyoq 

barmog‘i  suyaklari kalta naysimon suyaklar guruhiga kiradi, ular 

14 ta. Bosh barmoqda 2 ta, qolganlarida 3 tadan bo‘lib, ular asosiy 

o‘rta tirnoq falangasi deb ataladi. Odamning oyoq panjasi biroz 

gumbaz shaklida tuzilgan, yuqori qismi qavariq, tagi botiqroq. 

Oyoq panjasining bunday tuzilishi odam yengil harakatlanishida 

turli turtkilar kuchining kamayishi va gavdaning yerga tayanishida 

muhim ahamiyatga ega. 

KALLA SUYAGI

Kalla  suyagi 23 ta suyakning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.

Kalla suyagi miya qutisi suyaklari va yuz suyaklariga bo‘linadi.

Miya qutisi suyaklari ensa (1 ta), chakka (2 ta), peshana (1 ta), 

tepa (2 ta), asosiy (1 ta) va g‘alvirsimon (1 ta) suyaklar; yuz su-

yaklari yuqori jag‘ (2 ta), yonoq (2 ta), burun (2 ta), ko‘z yosh (2 

ta), pastkiburun chanog‘i (2 ta), tanglay (2 ta), pastki jag‘ (1 ta), 

dimog‘ (1 ta) va til osti (1 ta) suyaklaridan iborat. (7-rasm).

Ensa suyagi miya qutisi orqasining pastki qismida joylashgan 

toq suyakdir. U to‘rt qism: asosiy, ikkita chetki va palla qismdan 

tashkil topgan. 



20

Tepa suyagi to‘rtburchak shakldagi yassi suyakdir. Uning to‘rt 

tomoni va to‘rtta burchagi bor. Peshana suyagi  toq bo‘lib, to‘rt 

qismdan: palla, burun va ikkita ko‘z qismdan tashkil topgan. 

Chakka suyagi juft bo‘lib, 4 ta: chig‘anoq, nog‘ora, so‘rg‘ichsimon 

va piramida qismidan iborat. 

     


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling