Muskullarning yordamchi apparatlari. Muskullarning yordam-
chi apparatlariga fassiya, sinovial xalta va sesamasimon suyaklar
kiradi. Fassiya zich tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib,
alohida muskul yoki muskullar guruhi, boshqa organlarni, masa-
lan, buyraklarni qoplab turadi. Fassiya bir guruh muskullarni o‘rab
turishi bilan birga muskullarning bir tomonga tortilishiga ham yor-
dam beradi. Sesamasimon suyaklar muskullar kuchining ortishiga
va ularning foydali qisqarishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |