Ko‘krakning kichik muskuli
katta ko‘krak muskuli
tagida yotadi. Bu muskul qovurg‘alardan boshlanib, kurak suy-
agining tumshuqsimon o‘simtasiga birikadi. U qisqarganda yel-
ka kamari pastga va oldinga tortiladi. Qo‘l harakatlanmaganda,
qovurg‘alarni ko‘tarib, nafas olishda qatnashadi.
O‘mrov osti
muskuli o‘mrov suyagi bilan II qovurg‘a orasida joylashgan ensiz
kichik muskul. O‘mrov mustahkam bo‘lishida bu muskul katta
ahamiyatga ega.
8-rasm. Gavdaning oldingi
muskullari
9-rasm. Gavdaning orqa
muskullari.
Qorin muskullari ko‘krak bilan chanoq orasida joylashgan
bo‘lib, to
lalari har xil yo‘nalgan. Ular qorindagi organlarni turli
tashqi ta’sirdan saqlaydi, qorinni tarang qilib turadi. Nafas olish
va gavdaning turli harakatlarida ishtirok etadi. Qorin muskul-
25
lari qorinning oldingi yon tomonida joylashgan, ularga: qorin-
ning to‘g‘rimuskuli, tashqi, ichki qiyshiq muskullari, qorinning
ko‘ndalang muskuli, belning kvadrat muskullari kiradi
(8-rasm).
Orqa muskullari ensa bilan yonbosh suyagi sohasida qavat-qavat
bo‘lib joylashgan. Ular asosan, gavdani tik tutib turadi, gavda va
yelka kamari harakatida faol qatnashadi. Ba’zilari ko‘krak muskul-
lari bilan birgalikda kurakni qovurg‘alarga birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |