Anatomiya yangi indd


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

 Teri osti muskuli teri ostida yupqa bo‘lib 


26

joylashgan. Bu muskul ko‘krak fassiyasidan, deltasimon muskul-

dan boshlanib, xususiy chay nash muskulining fassiyasiga va pastki 

jag‘ga birikadi.



10-rasm. Bo‘yin muskullari

.

To‘sh o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mus 

kul  bo‘yindagi eng kuchli 

muskul. Bu muskul to‘sh suyagining dastasidan, o‘mrov su yagining 

to‘sh tomondagi uchidan 2 boshi bilan boshlanib, chakka suya-

gining so‘rg‘ichsimon o‘simtasiga birikadi. Bir tomonlama qisqar-

ganda kallani qiyshaytirib, bir tarafga bukadi, ikki tomonlama 

qisqarganda kallani orqaga tortadi.



BOSH MUSKULLARI

Bosh muskullari joylashishiga ko‘ra, ikkiga: miya qutisining 

mus kullari va yuz muskullariga bo‘linadi. Miya qutisining muskul-

lariga peshana, ensa, quloq muskullari kiradi. Miya qutisi pishiq 

fibroz to‘qimadan tuzilgan aponevroz pay bilan qoplangan. Yuz 

muskullari funksiyasiga ko‘ra, chaynov mus 

kullari va mimika 

muskullariga bo‘linadi.

27

Mimika muskullari odamda yaxshi rivojlangan bo‘lib, suyak-



dan boshlanib teriga birikadi. Ular qisqarganda terini bir tomonga 

tortib, kishini turli ruhiy holatlarda aks ettiradi. Mimika muskul-

lari, asosan, yuzda joylashadi. Ular og‘iz, ko‘z atrofini o‘rab tu-

radi. Bu muskullar so‘zlash, chaynash, nafas olishda ham ishtirok 

etadi. Mimika muskullariga peshana, qoshni chimiruvchi, takab-

burlik, ko‘zning doira, burun, yonoq, yuqorigi labning kvadrat, 

og‘izningdoira, pastki labning kvadrat, pastki labning uchburchak, 

kulgi muskullari va boshqalar kiradi.




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling