III bob. GETEROXRONIYA VA AKSELERATSIYA
Yoshga oid davr - bu chegaralangan vaqt oralig‘i bo‘lib,
uning mobaynida organizmning fiziologik, faol hususiyatlari,
uning holati ozmi-ko‘pmi bir xil darajada bo‘ladi. Davrlar bir-biri-
dan sifat va miqdor jihatidan farq qiladi. Bir davrdan ikkinchisiga
o‘tish asta-sekin emas, balki sakrash tarzida ro‘y beradi. Shunday
bo‘lsada, bolaning o‘sishi va rivojlanishi muayyan qonuniyatlar
asosida boradi, bularga geteroxroniya va akseleratsiya kiradi.
Yangi organizmning hayoti tuxum hujayraning urug‘lanishidan
boshlanadi. Keyingi ko‘p sonli bo‘linish natijasida hujayralar soni
tez ko‘paya boradi. To‘rt kecha-kunduzda ular 58 taga yetadi.
Hujayralar yig‘indisidan muayyan ixtisoslashgan tuzilmalar shak-
llanib, ulardan asta-sekin asab, yurak-tomir, hazm qilish, tayanch-
harakatlanish va turli to‘qimalar hamda a’zolardan tashkil topgan
boshqa tizimlar rivojlanadi. 12-13 kunlik pushtning uzunligi 1,5-2
mm, uchinchi hafta oxirida 4
Do'stlaringiz bilan baham: |