Anatomiya yangi indd


O‘QUVCHILARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

O‘QUVCHILARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI 

GIGIENIK BAHOLASH

Maktab, kollej, litsey o‘quvchilarining normal o‘sishi va rivoj-

lanishi haqida antropometrik o‘lchovlarni o‘tkazib, so‘ng xulo-

saga kelish mumkin. Jismoiy rivojlanish deganda organizm 

ning 

morfologik va funksional xususiyatlari tushuniladi.  Jismoniy 



rivojlanishni gigiyenik baholashda antropometrik ko‘rsatkichlar 

asosiy o‘rinni egallaydi. Antropometrik ko‘rsatkicharni aniqlash 

uchun somatometrik, somatoskopik va fiziometrik o‘lchovlarni 

olish kerak. Somatometrik o‘lchamlarga bo‘yning balandligi, 

ko‘krak qafasi aylanasi, bosh aylanasi, vazn ko‘rsatkichlari kiradi 

va bu usul – somatometriya deb ataladi. Somatoskopik (tashqi 

kuzatish) o‘lchamlar - tashqi qoplam, ya’ni terining elastikligi

yog‘ qatlamining qalinligi, mushaklar va suyaklarning rivojlangan-

ligi, oyoqlar shakli va tananing boshqa qismlarining o‘lchovlari 

asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi



 va bu usul-somatoskopiya deyila-

di. Fiziometrik o‘lchamlarga o‘pkaning tiriklik sig‘imi, yelka oldi 

muskullar kuchi ko‘rsatkichlari kiradi va bu usul fiziometriya deb 

ataladi . Jismoniy rivojlanish haqidagi ma’lumotlarni olish uchun 

ma’lum yoshdagi  odamlarda antropometrik o‘lchovlar o‘tkazilib, 

fiziologlar tuzgan jadvallarga solishtiriladi. Bunday jadvallarda 

o‘rtacha ma’lumotlar keltirilgan. 


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling