Eritrotsitlar yadrosiz hujayralar bo‘lib, shakli ikki tomonla-
ma botiq diskka o‘xshaydi.
Leykotsitlarning shakli o‘zgaruvchan
bo‘ladi, ular amyobalarga o‘xshaydi, chunki shakli doimo o‘zgarib
turadigan o‘simtalar yordami bilan harakatlanadi. Trombotsitlar
juda oddiy tuzilgan. Ular mayda, oson yemirilib ketadigan tanacha-
lardir. Ba’zan, teri salgina jarohatlanganda bir tomchi rangsiz tiniq
suyuqlik chiqadi. Bu to‘qima suyuqligidir. Bu suyuqlik organizm
hujayralari orasidagi barcha bo‘shliqlarni to‘ldirib turadi. Hujayra-
lar to‘qima suyuqligiga botib, xar tomondan u bilan o‘ralib turadi.
Katta yoshdagi odamda tuqima suyuqligining miqdori 20 l ga yeta-
di. Doimo hosil bo‘lib turadigan to‘qima suyuqligining ortiqchasi
hujayralararo bo‘shliqlardan maxsus tomirlar sistemasi orqali oqib
54
Do'stlaringiz bilan baham: |