fibringa aylanishi natijasidagina qon iviy boshlaydi. Fibrinogen-
ning fibringa aylanish jarayoni maxsus modda ta’siri ostida sodir
bo‘ladi, bu modda qon plastinkalari yemirilgan hollardagina hosil
bo‘ladi. Qonning bir kub millimetr plazmasida 300-400 ming dona
qon plastinkasi – trombotsitlar bo‘ladi. Bu plastinkalar hamma
vaqt qonning tomirdan chiqish paytida yemiriladi.
Qon plazmasida kalsiyning eruvchi tuzlari bo‘lgandagina qon
ivishi mumkin. Agar qonga kalsiyning erimaydigan birikmalarini
55
hosil qiluvchi modda qo‘shilsa, qon ivish xususiyatini yo‘qotadi va
ancha vaqtgacha suyuqligicha turaveradi. Qonning ivish xususiyati
katta ahamiyatga ega, chunki or ganizm jarohatlanganda qon ke-
tishidan saqlaydi. Ba’zi odamlarda shunday kasalliklar bo‘ladiki,
bu kasallikda qon o‘zining ivish xususiyatini yuqotadi. Bu kasallik
bilan og‘rigan odam sal jarohatlansa ham juda ko‘p qon ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |