Anatomiya yangi indd


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

Qon aylanish a’zolari. Qon doimo harakatda bo‘lgandagina

o‘z funksiyasini bajara oladi. Qonning to‘xtovsiz ravishda ayl-

anishini yurak va tomirlar bajaradi. Yurak bir-biri bilan tutash-

maydigan ikki qismdan iborat bo‘lib, bu qismlar bir-biridan yaxlit 

to‘siq bilan ajralgan. Qismlarning har biri qo‘shilgan ikki bo‘lakdan 

- yurak bo‘lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak dam-badam 

qisqarib, ma’lum vaqt oraliklarida qon tomirlariga qon chiqarib tu-

radi. Qon tomirlari tarmoqlanib ketgan yopiq sistema hosil qiladi. 

Bu sistemada arteriyalar, venalar va kapillyarlar bo‘ladi.

Arteriyalar qalin devorli tomirlar bo‘lib, qon yurakdan ana shu 

tomirlarga chiqadi va barcha a’zolarga taqsimlanadi Arteriyalar 

-

ning devorlari uch qavat bo‘ladi: ichki  qavat epiteliydan va birik-



tiruvchi to‘qimadan iborat, o‘rta qavat silliq muskul tolalaridan va 

sirtqi qavat-elastik tolalarga boy biriktiruvchi to‘qimadan iborat. 

Venalarning devorlari arteriyalarning devorlari kabi tuzilgan, ammo

bular arteriyalar devorlariga qaraganda yupqaroq bo‘lib, ularda 

mus kul tolalari bilan elastik tolalar soni ozroqdir. Kapillyarlar juda 

mayda tomirlar bo‘lib, mayda arteriyalarni kichikroq venalar bi-

lan tutashtiruvchi tarmoqlar hosil qiladi, bitta kapillyarning uzun-

ligi 0,5 mm chamasida, yo‘g‘onligi  soch tolasidan 50 marta kam 

bo‘ladi. Kapillyarlarning devori bir qavat yassi epitelial hujayralar-

dan iborat. Oziq moddalar va kislorod qondan hamma hujayralarni 

o‘rab turuvchi to‘qima suyuqligiga kapil lyarlar devori orqali o‘tadi; 

hujayralarda moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladigan 

mahsulotlar kapillyarlar devori orqali to‘qima suyuqligidan qonga 

o‘tadi. Qon yurakning chap qorinchasidan aorta  deb ataladigan 

yirik arteriyaga o‘tadi. Aorta yurak yaqinida burilib yoy hosil qilib

ko‘krak bo‘shlig‘i orqali, undan keyin qorin bo‘shlig‘i orqali pastga 

tushadi.  Aortaning eng boshidan ikkita toj arteriya ajralib chiqadi. 

bu arteriyalar yurakning o‘zida tarmoqlanadi. Bu arteriyalardan 

oquvchi qon yurak muskullariga oziq va kislorod olib keladi. Aorta 



56

yoyidan uchta katta arteriya chiqadi, bu arteriyalar bosh, bo‘yin va 

qo‘llarga qon olib boradi.

Aorta belning to‘rtinchi umurtqasi to‘rg‘isida ikkita yirik arteri-

yaga ajraladi, bu arteriyalar oyoqlarga boradi. Arteriyalar organga 

kirib, tobora mayda tomirlarga bo‘linadi, bu tomirlar ko‘pdan-ko‘p 

kapillyarlarga aylanadi. Kapillyarlar butun gavdamizga tarmoqlanib 

ketgan. Kapillyarlardagi qon kichikroq venalarga yig‘iladi. Bu ve-

nalar bir-biri bilan qo‘shilib, odatda arteriyalar yonida bo‘ladi gan 

yirik venalarni hosil qiladi: Bosh, bo‘yin va qo‘llarning venalari 




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling