O‘pkada gazlar almashinuvi. Odam nafas olganda kiradigan
havoning 79% ga yaqini azot, 20% ga yaqini kislorod, 0,03 %
qismi karbonat angidrid va boshqa gazlardir. O‘pkadan chiqadi-
gan havoda 16% kislorod, 4 % karbonat an
gidrid bo‘ladi; unda
azot va boshqa gazlarning miqdori o‘zgarmaydi, bundan tashqari,
o‘pkadan chiqadigan havo suv bug‘iga to‘yingan bo‘ladi.
To‘qimalarda gazlar almashinuvi. To‘qimalarda doimiy sur’atda
oksidlanish jarayonlari bo‘lib turadi, bu jarayonlar vaqtida kislo-
rod sarf bo‘ladi. Buning natijasida, to‘qimalar
da erkin kislorod
bo‘lmaydi. To‘qimalardan oqib o‘tadigan qonda esa kislorod ko‘p
bo‘ladi. Gemoglobin bilan birikkan kislo rod undan ajralib chiqadi
va diffuziya qonuniga binoan qondan kapillyarlar devori orqali
to‘qima suyuqligiga, undan esa hujayralarga o‘tadi.
Gavdada oksidlanish jarayonlari hamma vaqt sodir bo‘lib
turganligidan to‘qimalarda ham karbonat angidrid ko‘p bo‘ladi.
To‘qimalarga oqib keladigan arteriya qonida karbonat angid rid an-
cha kam bo‘ladi. Shuning uchun, karbonat angidrid hujayralardan
ular atrofidagi to‘qima suyuqligiga, to‘qima suyuqligidan qonga
o‘tadi. Katta yoshdagi kishilarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi 2000
kub.sm dan 6000 kub.sm gacha, 15 yoshli o‘smirlarda esa o‘rta
hisob bilan 2600 kub.sm bo‘ladi. O‘pka tirik lik sig‘imining katta-
kichikligi odamning jismoniy jihatdan qanchalik rivojlanganligini
ko‘rsatuvchi eng muhim omillardan biridir.
Tinch holatda nafas olinishi va nafas chiqarilishi vaqtida
bo‘ladigan nafas olish harakatlarining soni odamning yoshiga
bog‘liq. Chaqaloq bola minutiga 30-45 marta, 14-15 yoshdagi
o‘smir 20 marta, katta yoshdagi odam 16-18 marta nafas olib,
nafas chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |