Anatomiya yangi indd
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
BOSH MIYA
Bosh miya kalla suyagi bo‘shlig‘ida joylashgan. U quyidagi bo‘limlar: uzunchoq miya, ko‘prikcha, miyacha, o‘rta miya, oraliq miya va katta yarim sharlaridan tashkil topgan. Bosh miya oq va kul rang moddadan tuzilgan. Oq modda o‘tkazuvchi yo‘llarni hosil qiladi. Ular bosh miyani orqa miya bilan, bosh miyaning boshqa bo‘limlarini o‘zaro bog‘laydi. O‘tkazuvchi yo‘llarning vazifasi tu- fayli, butun markaziy nerv sistemasi bir butun holda ishlaydi. Kul- rang modda miya yarim sharlarini va miyachani o‘rab, po‘stloq hosil qiladi. Shuningdek ayrim to‘plam-yadro shaklida oq modda ichida joylashadi.
bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘idan iborat. Bosh miya ustun qismi uzunchoq miya, ko‘prikcha, o‘rta miya va oraliq miya va miyachadan iborat (21-rasm). Uzunchoq miya orqa miya- 69 ning yuqoriga tomon ketgan davomi bo‘lib, uning shaklini saqlab qoladi. Uzunchoq miyaning oldingi va orqa qismi bo‘ylab, xuddi orqa miyadagi kabi, yaxshi ko‘rinib turadigan bo‘ylama egatchalar o‘tadi. Uzunchoq miya tashqi tomondan oq modda, ichki tomondan kul rang moddadan iborat. Uzunchoq miya - ning uzunligi 3-3,5sm, vazni 7 g atrofida bo‘ladi. Uzunchoq miya reflektor va o‘tkazuvchanlik vazifasini bajaradi. Reflektorlik vazi- fasi unda nafas olish, ovqat hazm qilish, qon aylanish markaz - lari joylashgan.Chaynash, yutish, qusish, aksa urish, yo‘talish kabi himoyalanish markazlari ham uzunchoq miyada joylash- gan. Uzunchoq miyaning o‘tkazuvchanlik vazifasi orqa miyadan kelgan impulslarni bosh miyaga, bosh miyadagi qo‘zg‘alishlarni orqa miyaga o‘tkazishdir. Uzunchoq miyadan yuqorida aniq ko‘rinib turadigan egatcha bilan ajralgan ko‘prikcha yotadi. Miya ko‘prigini Varoliy ko‘prigi ham deb ataladi. Tashqi tomondan kul rang, ichki tomondan oq moddadan tashkil topgan. Miya ko‘prigida uchlik, ko‘z soqqasini va yuz muskullarini harakatlan- tiruvchi markazlar joylashgan. O‘rta miya undan ham yuqoriroqda joylashgan. Uning yuqorigi yuzasida to‘rt tepalikning ikki juft do‘mboqchasi yaxshi ko‘rinib turadi. To‘rt tepalikning oldingi ikkitasida po‘stloq osti ko‘rish markazi, orqadagi ikki tepalikda po‘stloq osti eshitish markazi joy- lashgan.
ing pastki yuzasida gipofiz bezi joylashgan. Barcha retseptorlar- dan chiqadigan impulslar oraliq miya orqali o‘tib, katta yarim sharlar po‘stlog‘iga keladi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga talamus va gipotalamus kiradi.
joylashgan. Miyacha kul rang modda bilan qoplangan, bu modda neyronlarning tanalaridan iborat miyacha po‘stlog‘ini tashkil eta- di. Miyachaning ichki qismi oq moddadan iborat bo‘ladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling