KO‘RISH ANALIZATORI
Ko‘rishning ahamiyati. Tashqi muhit ta’sirlari orasida ko‘rish
ta’siri odam uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Biz tashqi
dunyodan oladigan ma’lumotlarning ko‘p qismi ko‘rish bilan
bog‘liqdir. Ko‘zning tuzilishi. Ko‘z kalla suyagining ko‘z chuqur-
chasida joylashgan. Ko‘rish organi ko‘z soqqasi, ko‘rish nervi va
yordamchi qismlar: mus kullar, yosh bezlari, qovoq va uning kip-
riklari hamda qoshlardan iborat. Ko‘z soqqasi kalla suyagining
ko‘z chuqurchasida joylashgan. Ko‘z soqqasi shar shaklida bo‘lib,
uchta parda - oqsil parda, tomirli parda va to‘r parda bilan qoplan-
gan. Oqsil parda - eng tashqi pardadir. Bu parda o‘z rangi jihatidan
pishirilgan tuxum oqsiliga o‘xshaydi (22-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |