Anatomiya yangi indd


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

ESHITISH ANALIZATORI

Eshitish organi uchta bo‘limdan: tashqi quloq, o‘rta quloq va 

ichki quloqdan iborat. Tashqi quloqda quloq suprasi va tashqi 

eshi tish yo‘li bo‘ladi.  Quloq suprasi tog‘aydan iborat bo‘lib, teri 

bilan qoplangan. U tovush qaysi tomondan kelayotganligini aniq-

lashga yordam beradi. Tashqi eshitish yo‘li egri bo‘lib, tashqi va 

ichki tog‘ay qismlardan iborat, ichki tog‘ay qismi chakka suyagi-

ning ichkarisida joylashgan. Tovush yo‘lini qoplab turgan terida 

yog‘ bezlari bilan tuklar bo‘ladi. Tovush yo‘lining ichki uchiga 

biriktiruvchi to‘qima dan iborat nog‘ora parda tortilgan, bu parda 

tashqi quloq bi lan o‘rta quloqni bir-biridan ajratib turadi.  Nog‘ora 

parda orqasida o‘rta quloq bo‘shlig‘i bo‘lib, unda uchta eshitish 

suyakchalari bor: ulardan biri - bolg‘acha nog‘ora pardaga tegib 

turadi, ikkinchisi uzangi, ichki quloq bo‘shlig‘iga boruvchi oval 

shaklidagi teshikka tortilgan pardaga yopishadi. Bu ikkala suyak-

cha orasida uchinchi  suyakcha - sandon bo‘ladi.

O‘rta quloq bo‘shlig‘i evstaxiy ev nayi orqali burun halqum bi-

lan tutashadi. Nay orqali o‘tuvchi havo nog‘ora pardaning ikki 

tomonidagi bosimni baravarlashtirib turadi.  Ichki quloq eng mu-

rakkab tuzilgan bo‘lib, bularga suyak labirint, uning ichidagi parda 

labirint va daxliz, yarim doirasimon suyakchalar hamda chig‘anoq 

kiradi. Chig‘anoq kanallarini bir- biridan ajratib tur u vchi to‘siqning 

77

bir qismini asosiy parda hosil qiladi, asosiy parda ko‘ndalangiga 



tortilgan har xil uzunlikdagi tolalardan iborat. Bu tolalar soni 24 

mingga boradi. Pardaning boshidan oxirigacha kortiyev organ 

joylashgan. Kortiev organining eng muhim qismi sezuvchi hujay-

ralar - tovush ta’sirlari qabul qiluvchi retseptorlardir. Ichki quloqda 

chig‘anoqdan tashqari, teshik oldi bilan yarim doira kanallar bo‘lib, 

ular ichida retseptorlar bo‘ladi. Odam bu retseptorlar ta’sirlanishi 

orqali muvozanatini sezadi. Chig‘anoqni to‘ldirib turadigan suyuq-

likning tebranishi natijasida retseptorlarda qo‘zg‘alish vujudga ke-

ladi. Bu qo‘zg‘alishlar eshitish nervi orqali bosh miyaga beriladi.


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling