Anatomiya yangi indd
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX bob. SEZGI A’ZOLARI
- Retseptorlar
- Analizatorlar
Nazorat savollari
1. Odamning miya yarim sharlari qanday pallalarga bo‘linadi? 2. Yarim sharlar po‘stlog‘i qanday tuzilgan, odam miyasida uning yuzasi qanday? 3. Yarim sharlarning oq moddasi nimadan iborat? 4. Yarim sharlar po‘stlog‘ida qanday zonalar bo‘ladi? 5. Yarim sharlardagi qanday markazlar odamni hayvonlardan farq qildiradi? 6. Yarim sharlar po‘stlog‘i miya ustuni faoliyatidan nimasi bilan farq qiladi? 73
Sezgi a’zolari organizm bilan tevarak atrofdagi muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri orqali sezish or- ganlari retseptorlarida tashqi muhit ta’sirida qo‘zg‘alishlar paydo bo‘ladi, bu qo‘zg‘alishlar nervlar bo‘ylab markaziy nerv sistemasiga o‘tkaziladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining har xil qismlar- ida sezgi organlarining retseptorlari tomonidan qabul qilingan qo‘zg‘alishlar bir-biridan farq qilinadi. Sezgi a’zolari retseptorlari tashqi muhitdan keladigan ta’sirlarni nerv impulslariga aylantirib markazga uzatadi.
larga bo‘linadi. Tashqi retseptorlar (teri, ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish retseptorlari) tashqaridan ta’sirlarni qabul qiladi. Ichki
ganlarida hosil bo‘ladigan ta’sirlarni qabul qiladi. Retseptorlarning ahamiyati juda ham katta. Ulardan hosil bo‘ladigan qo‘zg‘alish yarim sharlar po‘stlog‘iga kelib, organizm da va tashqi muhitda sodir bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida signal beradi. Retseptorlarning muhim xususiyati ularning o‘ziga xosligi, ya’ni muayyan ta’sirlovchidangina qo‘zg‘ala olishidir. Masalan, ko‘z retseptorlari yorug‘lik ta’siridan, quloq retseptor- lari esa tovush ta’siridan qo‘zg‘aladi.
Ta’sirlarni qabul qilish va ularning farqlovchi nerv hujayralar to‘plami analizatorlar deb ataladi. Har bir analizator uch qismdan: periferik, o‘tkazuvchi va markaziy qismlardan tashkil topgan. Pe- riferik qism ta’sirni qabul qiluvchi retseptorlardan iborat. Analiza- torning o‘tkazuvchi qismi retseptorlarda hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishni o‘tkazadigan sezuvchi nervdir. Markaziy qism miya katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ma’lum zonasidan iborat. Masalan, ko‘rish 74 analizatori ko‘zdagi ko‘rish retseptorlaridan, ko‘rish nervidan va yarim sharlar po‘stlog‘ining ko‘rish zonasidan iborat. Miya po‘stlog‘ining bu analizatorlik faoliyatining natijasi organizmning olingan ta’sirlarga javoblari reflekslaridir.
Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling