Orqa miyaning funksiyalari. Har xil tajriba va kuzatishlar orqa
miyada harakatlantiruvchi refleks markazlari borligini ko‘rsatadi.
Bosh miyasi olib tashlangan baqa ancha murakkab harakatlar qila
oladi. Bunday baqani pastki jag‘idan osib qo‘yib, tanasining o‘ng
tomoniga kislota bilan ho‘llangan qog‘oz yopishtiramiz. Bun-
da orqa o‘ng oyog‘ining muskullari qisqaradi, baqaning oyog‘i
ko‘tariladi va qog‘ozni o‘sha oyog‘i panjasi bilan olib tashlaydi.
Baqaning shu oyog‘ini qimirlamaydigan qilib bog‘lab qo‘yamiz.
Baqa qog‘ozni chap oyog‘i bilan olib tashlaydi, chunki qo‘zg‘alish
miyaning o‘ng tomonidan chap tomoniga o‘tadi. Biroq, hayvon
o‘z tuzilishi jihatidan qanchalik yuksak bo‘lsa, uning harakatla-
rida bosh miya shunchalik katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Odamda
ayrim hollarda jarohatlanish natijasida orqa miya bilan bosh miya
orasidagi aloqa uzilib qoladi. Bunday odamda oddiy reflekslar
ro‘y bergan, ammo murakkab harakatlar mutlaqo bo‘lmaydi.
Orqa miya qon tomirlarining kengayish-torayishiga, ter bezlarining
faoliyatiga va organizmning boshqa ko‘plab funksiyalariga ta’sir
etadi. Orqa miyaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha reak-
siyalar shartsiz reflekslardir. Shartsiz reflekslar irsiy bo‘lib, ular
bola tug‘ilgandan keyinoq, shu reaksiyalarni vujudga keltiradigan
sabab ta’sir etsa, darhol namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |