Anatomiya yangi indd


Nerv sistemasining periferik qismi  orqa miya nervlari, bosh miya nervlaridan tashkil topgan


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

  Nerv sistemasining periferik qismi 

orqa miya nervlari, bosh miya nervlaridan tashkil topgan.



 Orqa 

miya nervlari orqa miyadan chiqib, tana, bo‘yin va qo‘l-oyoq-

larda tarmoqlanadi. Bu nerv lar aralash nervlardir: ular markazga 

intiluvchi va markaz 

dan chiquvchi tolalardan iborat. Markazga 

intiluvchi tolalar orqali retseptorlardan orqa miyaga qo‘zg‘alish 

keladi, markazdan chiquvchi tolalar orqali esa qo‘zg‘alish orqa 

miyadan har xil organlarga o‘tkaziladi.

67

   



20-rasm. Orqa miyaning tuzilishi.

ORQA MIYA

Orqa miya umurtqa kanaliga joylashgan bo‘ladi, orqa miya-

ning yuqorigi uchi bosh miyaga tutashadi. Uning pastki uchi esa 

1-2-bel umurtqasi ro‘parasida tamomlanadi. Bo‘yin umurtqalari 

va pastki ko‘krak umurtqalari atrofida orqa miya yo‘g‘onlashadi: 

shu yerda undan qo‘l-oyoqlarga juda yirik nervlar tarmoqlanib 

chiqadi. Orqa miyaning old va orqa qismidan bo‘ylama egatlar 

ketadi, markazdan esa orqa miya kanali o‘tadi, bu kanal limfaga 

o‘xshash suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi.

Orqa miya kanali atrofida kul rang modda joylashgan. Miya 

ko‘ndalangiga kesilganda bu modda kapalak yoki N harfi shak-

lida bo‘ladi.  Kul rang modda uzun neyron o‘simtalaridan ibo-

rat oq modda bilan o‘ralgan. Neyron o‘simtalaridagi qo‘zg‘alish 

o‘tkazuvchi yo‘llarni hosil qiladi, bu yo‘llar orqa miya nerv 

markazlarini bir-biri bilan va bosh miya nerv markazlari bilan 

tutashtiradiOrqa miyadan 31 juft nerv tarmoqlanib chiqadi. 




68


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling