Anatomiya yangi indd
-rasm. Ko‘zning tuzilishi
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
22-rasm. Ko‘zning tuzilishi.
Oqsil pardaning old tomoni rangsiz tiniq shox pardadan iborat bo‘lib, bu parda bir oz qavariqdir. Yorug‘lik nurlari ko‘z soqqasi ichiga ana shu shox parda orqali o‘tadi. Tomirli parda oqsil parda ostiga joylashgan. Bu pardada - ko‘zga qon keltiruvchi juda ko‘p 75 tomirlar bor. Tomirli pardaning shox parda ostidagi oldingi qismi kamalak parda deb ataladi. Ko‘zning rangi kamalak pardadagi pig- ment rangida bo‘ladi. Kamalak parda o‘rtasida qorachiq deb atal- adigan teshik bo‘ladi. Qorachiq yorug‘likda torayadi, qorong‘ilikda esa kengaya di. Qorachiq diametrining o‘zga rishi qorachiq refleksi deb ataladi. Bu refleks ko‘zga yorug‘lik kirishini tartibga solib tu- radi. Qorachiqning orqasida ikki tomoni qavariq holdagi shaffof gavhar joylashgan.Uning atrofini kipriksimon muskullar o‘rab tu- radi. Ko‘z soqqasining gavhar orqasidagi bo‘shlig‘i shishasimon tana deb yuritiladigan yarim suyuq massa bilan to‘la bo‘ladi. To‘r pardaning qalinligi 0,3 mm ga yaqin bo‘lib, ko‘zning faqat orqa yarmini qoplab turadi, bu qavatlar nerv hujayralaridan va ularning o‘simtalaridan tuzilgan. To‘r pardaning retseptorlari - ta yoqchalari va kolbachalari bor, yorug‘ sezgir qavati - uning tomirli parda to- monga qaragan eng tashqi qismida joylashgan bo‘ladi. Tayoqchalar soni 130 millionga, kolbachalar soni esa 7 millionga yetadi. Ular tuzilishi va funksiyasi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Tayoqcha- lar qorong‘ida kuchsiz yorug‘dan ham ta’sirlanadi, lekin rangni qabul qilish xususiyatiga ega emas. Kolbachalar esa faqat kuchli yorug‘likdan ta’sirlanadi. Kolbachasimon retseptorlar ranglarni qabul qilish xususiyatiga ega. Ko‘rish ta’sirotlarini qabul qilish murakkab jarayon, ko‘zning to‘r pardasidan boshlanib katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ko‘rish markazida tamom bo‘ladi. Bu ja- rayon quyidagicha amalga oshadi. Yorug‘lik nurlari to‘r pardaning yorug‘lik sezuvchi hujayralarini qo‘zg‘atadi, bu qo‘zg‘alish ko‘rish nervi bo‘ylab katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ko‘rish qismiga o‘tkaziladi, shu joyda ta’sirotlar bir biridan farq qilinadi. Ko‘zning optik sistemasi yorug‘lik nurlarini sindirishi hisobiga to‘r pardada jismlarning teskari tasviri hosil bo‘ladi. Ko‘zning yordamchi apparatlariga ko‘zni harakatlantiruvchi muskullar, ko‘z yosh bezi, qovoqlar va kipriklar kiradi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling