Nerv tizimi anatomiyasi. Bosh miya xastaliklari tasnifi. Nerv tizimi kasalliklarini tashxislash va davolash
Download 57.27 Kb.
|
17.Nerv tizimi anatomiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miya anatomiyasi
Nerv tizimi anatomiyasi. Bosh miya xastaliklari tasnifi. Nerv tizimi kasalliklarini tashxislash va davolash. Boshning asosiy va ikkinchi darajadagi qismlari: soch, teri, go`sht, parda, qattiq bosh kosasi,yumshoq pardadan iborat. Parda, miya moddasi, miyadagi qorinchalar va undagi boshqa narsalar, miya ostidagi ikki parda, miya uchun asos - tag vazifasini bajaruvchi suyakdan iborat. Miya anatomiyasi Miya - parda moddasi, ilik mag`zi kabi modda va ruҳ bilan to`liq bo`lgan kavaklarga bo`linadi. Asablar esa miyadan o`sib chiqqan shoxobchalar kabi bo`lib, miyaga xos moddaning qismlaridan emasdir. Bo`tun miya uzunasiga pardalari, mag`zi va qorinchalari bilan birga ikki pallaga ajralgan, chunki qo`shaloq qilishda ma`lum manfaat bor, biroq, shu ajralganlik faqat oldingi qorinchadagina aniq, sezilib turadi. Miya moddasi sovuq va ho`l qilib yaratilgan. Uning sovuq qilib yaratilishiga sabab, unga borib tegadigan ko`p quvvatlar uni kizdirmasligi uchundir; u quvvatlar esa asablarning Harakat laridan, sezgilarning ta`sirlanishlaridan, xayol, fikr va eslash natijasida bo`ladigan o`zgarishlardagi ruҳ Harakat laridan iboratdir. Shuningdek, yurakdan miyaga kO`tarilib chikkan ikki tomir orqali miyaga o`t uvchi juda issiq ruҳ mo``tadillashuvi uchun ham miya sovuq qilib yaratilgan. Ana shu Harakat lar miyani kuritmasligi va miya mag`zining shakli yaxshi bo`lishi uchun u ho`l qilib yaratildi. Miya mag`zi yana yumshoq va yog`li qilib yaratilgan. Yog`li yaratilishidagi manfaat - undan o`sib chiqadigan asablarning yopishqoq bo`lishi uchun; ammo yumshoq yaratilishiga sabab, Jolinusning aytishicha, «mag`izning shakli yaxshi bo`lishi va xayol qilish vaqtida uning bir ҳoldan ikkinchi ҳolga o`t ishi oson bo`lishi uchundir», chunki yumshoq narsaning o`zgarishlarni qabul qilishi osonroqdir. Bosh miyaning yumshoq yaratilishi yog`li bo`lishi uchun va miyadan uzoqlashgan sari asta-sekin qattiqlashuvchi asablarga bo`linadi va mag`izning oziq moddalari yaxshi yetishiib borishi uchundir. Chunki asablar bosh miyadan va orqa miyadan oziqlanadi. Qattiq modda qattiq narsaga, yumshoq modda bergan yordamni bera olmaydi; miya mag`zi undan o`suvchi narsalar asablar egiluvchan bo`lishi uchun ham yumshoq yaratildi, chunki u o`sib chiquvchilardan ba`zisining uchi qattiqlashishi uchun kerak bo`ldi. Miya mag`zidan o`sib chiquvchi asab tolasi 3 ҳolatda bo`ladi, asta-sekin qattiqlashishi va egiluvchan qattiq bo`lishi zarur bo`lgach, asab tolasi o`sib chiqadigan joyning ham egiluvchan va yog`li modda bo`lishi uchun kerak buldi. Yog`li va yopishqoq narsa albatta yumshoq bo`ladi. Yana miya tez Harakat ga muҳtoj bo`luvchi o`zidagi ruҳning xo`llikdan foydalanishi uchun ham xo`l qilindi. G`ovakligi sababli, engil bo`lishi uchun ham miya mag`zi yumshoq va ho`l qilindi, chunki qattiq a`zolar yumshoq, ho`l g`ovak a`zodan ko`ra og`irroq bo`ladi. Lekin miya moddasi yumshoq va qattiqlikda turlicha bo`ladi, chunki oldingi qismi yumshoqroq, orqa qismi esa qattiqroqdir. Shu ikkala qism orasini miyaning oldingi qismigacha boruvchi qalin parda ajratib turadi. Miyaning oldingi bo`lagi nima uchun yumshoq qilindi? Chunki, sezuvchi asablarning ko`pi ayniqsa ko`rish, Hid lash va eshitish asablari oldingi bo`lakdan o`sadi; chunki sezgilar gavdaning ayg`okchilaridir, ayg`okchilar esa oldinga qaragan bo`lishi kerak. Harakat lantiruvchi asablarning ko`pchiligi esa miyaning orqa bo`lagidan o`sadi, miyaning umurtqa kanalidagi yelchisi va yordamchisi bo`lgan orqa miya ham orqa bo`lakdan o`sadi. Shu bo`lakdan kuchli asablarning va Harakat asabining o`sishi zarur bo`lib, ular sezish asabi muxtoj bulmaydigan ortiqcha kattalikka muxtoj bo`lgach, ularning o`sib chiqadigan joyi ham qattiqroq qilindi,— sezish asablariga esa yumshoqlik muvofiqroqdir. Bularning orasini ajratib turish uchun ikkalasining orasiga parda kirgizildi, ba`zilarning aytishicha, yumshoq bo`lak qattiq bo`lakka taqalib turmasin uchun shunday qilingan. Chunki pardaning bir tomoni juda yumshoq, boshqa tomoni esa qattiqdir. Ana shunday pardaga o`rashning boshqa manfaatlari ham bor: miyada tarqaluvchi venalar aylanmasi va tutib turuvchi biror narsaga muxtoj bo`ladi va shu parda shu tomirlarga tirgak qilindi. Shu buq`ilgan joy oxirining tagi biroz orqa tomonga joylashgan, qon yig`ilib quyiladigan o`rin bo`lib, u hovuzcha kabidir. Undan shoxobchalar — ariqchalar tarqaladi, bular orqali qon tarqalib miya moddasini oziqlantiradi, keyin, u hovuzchadagi qonni tomir og`izlari bilan so`rib, ikki katta tomirga yig`adi. Butun miya ikki parda bilan qoplangan. Ularning biri yumshoq bo`lib, miyaga tegib turadi, ikkinchisi esa qattiq bo`lib, suyakka tegib turadi. U pardalar miya va suyak o`rtasida ikkita ajratuvchi bo`lsin uchun va miya suyakka tegmasin, ham da miyaga suyakdan ofat etmasin uchun yaratilgan. Miyaning suyakka tegishi miya moddasi ko`paygan hollarda yoki miya siqilgandan keyin kengayganda bo`ladi. Goxo miya qattiq ovoz chiqarish kabi hollarda bosh kosasigacha ko`tariladi. Ana shunday manfaat uchun miya bilan bosh kosasi o`rtasiga ikkita ajratuvchi parda qo`yildi, bu pardalar yumshoq va qattiqlikda suyak bilan miyaning o`rtasidadir. Ularning ikkita bo`lishiga sabab suyakka bevosita tegib turishga moslangan narsa, miyaga bevosita tegib turishga moslangan narsaning xuddi o`zi bo`lib qolmasligi uchundir. Miyaga yaqin turgan parda yumshoq, suyakka yaqin turgan parda qalin bo`ldi. Bu ikkala parda birga bir bo`tun saqlovchi kabidir. Bu yupqa parda miyani saqlovchi bo`lishi bilan birga miyadagi harakatli va harakatsiz tomirlar uchun tutqichlik vazifasini ham bajaradi. O`zida joylashgan tomirlar vaziyatini saqlab turadi. Shuningdek, u miyaning ko`p sonli bo`g`inlangan joylarida miya moddasiga botib kiradigan tomirlarni ham to`tib turadi va miya qorinchalarigacha borib taqaladi. Qalin parda miyaga tegib turmaydi, shuningdek, uning hamma joyi yumshoq pardaga ham tekis tegib turmaydi, balki undan ajralib turadi. Bu ikki pardaning orasini qalin pardadan yupqasiga o`t uvchi tomirlar biriktirib turadi. Qalin parda po`st kabi nozik bog`ichlar bilan bosh kosasiga mustaҳkamlangan, u bog`ichlar esa qalin pardadan o`sib chiqadi va u parda miyaga juda og`irlik qilmasligi uchun, uni bosh kosasidagi choklarga mahkamlab bog`laydi, u bog`ichlar bosh kosasi choklari orqali kosa sirtiga chiqib, shu yerga birikadi va ulardan kosani qoplovchi parda to`tiladi, shu bilan qalin parda bosh kosasiga ham mustaҳkam bog`lanadi. Miyaning uzunasiga uchta qorinchasi bo`lib, har bir qorincha eniga ikki bo`limga bo`linadi. Birok miyaning oldingi qorinchasigina o`ng va chap qismlarga ajralib turishi yaqqol sezilarlidir. Bu oldingi qism burunga havo va boshqa narsalarni tortib olishda, aksirish bilan chiqindilarni chiqarib tashlashda yordam buyuradi, sezuvchi ruҳning ko`pchilik qismini taqsim qiladi va ichki idrok quvvatlaridan bo`lgan tasvirlovchi quvvatlarning ishlariga yordam buyuradi. Orqa qorincha ham kattadir, chunki u, a`zoning katta bir kavagini to`ldirib turadi hamda katta narsaning, ya`ni orqa miyaning boshlanadigan o`rnidir. Harakatlantiruvchi ruhning ko`p qismi shu orqa qorinchadan tarqaladi va yodlash quvvati ham shu yerda bo`ladi. Lekin, bu qorincha oldingi qorinchadan, hatto uning bir bo`limidan ham kichikdir. Shu bilan birga bu qorincha orqa miyaga yaqinlashgan sari kichrayib boradi va asta-sekin zichlashib borib qattiqlashadi. O`rta qorincha oldingi qismdan orqa qismga o`t adigan yo`l kabi va ikkisining o`rtasidagi yo`lak kabidir. Shuning uchun u katta va uzun bo`ladi, chunki u, kattadan-kattaga etkazuvchidir. Bu qorincha orqali oldingi qorinchadagi ruҳ ortki qorinchadagi ruhga ulanadi va eslanadigan narsalarning tasvirlari ham shu qorinchaga kelib o`rnashadi. Bu o`rta qorinchaning boshlanadigan yeri toychoq shakldagi ship bilan qoplangan va u ich tomondan peshtoq kabidir, bu yo`lak bo`lganligi uchun shunday deb ataladi. Shu bilan birga u o`zining yumaloq shakli bilan zararlanishdan saqlanadi va unga suyaladigan va oraliqqa kirgizilgan pardani ko`tarishga kuchi yetarlidir. Shu yerda miyaning oldingi ikki qorinchasi qo`shiladi. Shu bilan ular shu yo`lak orqali orqa qorinchaga ko`rinib turadi. Bu joy ikkala qorinchaning qo`shilish o`rni deyiladi. Bu yo`lakning o`zi bir qorinchadir. O`rta qorincha o`t ar yo`l bo`lib, tasavvur urnidan esda saqlovchi o`ringa etkazuvchi bo`lganidan, fikr qilish va xayolga olish uchun eng yaxshi o`rin bo`ladi. Ushbu qorinchalar o`sha ishlarni yuzaga chiqaradigan quvvatlarning o`rinlari ekaniga, u qorinchalarga ofat etganda har bo`limning zararlanishi bilan uning ishining buzilishi yoki u ishga zarar yetishiiga dalil bo`ladi. Yupqa parda qisman ichkariga botib kirib, miya qorinchalarini peshtoq oldidagi ochiqlikkacha qoplaydi. Ammo, undan narigi tomonning qattiq parda bilan qoplanish o`rniga o`tadi. Miya qorinchalarining bo`g`in - bo`g`in bo`lishi, nafsoniy ruh miya qorinchalariga o`tgani kabi, miya moddasiga ham o`tishi uchundir. Chunki qorinchalar har vaqt keng, ochiq bo`la vermaydi, yoki ruh doimo qorinchalarga kiradigan darajada oz bo`lavermaydi. Yana nafsoniy ruhning yurak mizojidan miya mizojiga o`tishi, miyada yetilishi bilan bo`lib, shu bilan u, miya mizojini oladi. Ruh miyaga kelganda, avval oldingi qorinchaga boradi va shu yerda yetilib, keyin o`rta qorinchaga o`t adi, bu yerda yetilishi ortib, keyin orqa qorinchada tamoman yetiladi. Kelgusida bayon qiladiganimiz — oziqning jigarda yetilishi kabi, ruhning to`la yetilishi ham yetiluvchining bo`laklari bilan yetiltiruvchining bo`laklari aralashib, qorishib va bir-biriga o`t ganda bo`ladi. Lekin oldingi qorinchadagi bo`g`inlar soni orqa qorinchadagidan ko`proqdir, chunki bo`g`inlarning nisbati o`sha bo`g`inlar joylashgan qismlarning bir-biriga bo`lgan nisbatiga yaqindir. Orqa qorinchani oldingi qorinchadan kichik qilgan sabab bo`g`imlarda ham mavjuddir. Miyaning turli hollarini o`rganishimizdagi manba va vositalar quyidagilardan iborat: sezish va muhokama qilish, ya`ni eslash, fikr qilish, tasavvur, xayol qilish quvvati va farosat, shuningdek harakat ga tegishli ishlar, ya`ni mushaklar orqali a`zolarni Harakat lantiruvchi quvvatlar, so`ngra miyadan chiqariladigan chiqindilarning quyuq - suyuqligi, rang va mazadagi sifatlari, ya`ni uning o`t kir, sho`r, achchik yoki mazasizligi, yana chiqindining oz va ko`plik miqdori, yoki uning mo`tlaqo to`xtalib qolishi; havo va taomlarning miyaga yoqishi, yoqmasligi yoki zarar etkazishi; boshning katta va kichikligi, uning yaxshi va yomon shakllari, boshning og`ir va engilligi, uni ushlab ko`rganda qanday sezilishi, bosh va undagi tomirlarning rangi, bosh terisida paydo bo`ladigan yara va shishlar, ko`z va undagi tomirlarning rangi, ko`zning sog`ligi va kasalligi, ayniqsa uni ushlab ko`rganda qanday tuyo`liishi, uyqu va bedorlik ҳollari, sochning miqdori, ya`ni uning ozligi, ko`pligi, uning yo`g`on va ingichkaligi, sochning sifati, ya`ni uning jingalak va silliqligi, qora, qizg`ish, sariq va mallaligi, tez va kech oqarishi, sochning sog`lom turishi, yoki uning yorilib, yo tushib, yo to`qilib kasallanishi va boshqa hollari; bo`yinning yo`g`on va ingichkaligi, uning sog`lomligi yoki unda shish va qulguna yaralarining ko`p yo oz paydo bo`lishi, shuningdek til, bodomsimon bezlar va tishlarning ҳoli kabilar. Miyaga hamkor bo`lgan ko`p asabli a`zolarning quvvat va ishlari, masalan, bachadon, me`da va qovuq, kabi a`zolarning ishiga asoslanib ham miya ҳaqida ҳukm chiqariladi. hamkor a`zoga qarab dalil olish ikki turli bo`ladi: biri — miyada paydo bo`lgan kasallikda miya bilan hamkor bo`lgan a`zoning ҳoliga qarab miyadagi kasallik ҳaqida ҳukm chiqariladi. Ikkinchisi — hamkorligi sababli miyaga alam buyuradigan a`zoning ҳolidan byelgi olinadi, ya`ni o`sha a`zo qaysi va undagi kasallik nima ekanini va kasallik miyaga qanday etgani aniqlanadi. Bu byelgilardan miyaning hozirgi paytdagi ishlari va hollariga, ba`zan esa, hozirda yo`q bo`lib, kelgusida paydo bo`ladigan hollarga dalil olinadi. Masalan, uzoq vaqt g`amginlik va ma`yuslik — paydo bo`lish oldida turgan melanxoliyaga, yoki yaqinda paydo bo`ladigan kasallikka dalil bo`ladi. O`rinsiz g`azablanish tutqanoqqa yoki haroratli melanxoliya belgi bo`ladi. Sababsiz qo`lgi esa axmoqlikka yoki befarosatlikka dalil bo`ladi. Download 57.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling