Nerv tizimi anatomiyasi. Bosh miya xastaliklari tasnifi. Nerv tizimi kasalliklarini tashxislash va davolash


Ibn Sino bo`yicha bosh ogrigining tasnifi


Download 57.27 Kb.
bet3/8
Sana08.03.2023
Hajmi57.27 Kb.
#1253824
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17.Nerv tizimi anatomiyasi

Ibn Sino bo`yicha bosh ogrigining tasnifi:
1.Sababiga kura
a)mizoj buzilishi
b)uzluksizlikning buzilishii
v) hamkor a`zolar kasalliklari sababli
2.Turlariga ko`ra
a)shaqiqa
b)bayza va xuda
3.Kechishi bo`yicha
a)kuchsiz
b)o`rtacha
v)kuchli
Bosh og`riqlari ba`zan bo`tun gavdaning zaifligi tufayli paydo bo`ladi. Masalan: isitmalarda shunday bo`ladi. Bosh og`rig`i yuzaga keladigan joyiga qarab qismlarga bo`linadi.
Bayza va xuda xastaligi: Bu xildagi bosh og`rig`ining «temir qalpoq» deyilishiga sabab – og`riq boshni bo`tunlay o`rab oluvchi haraktyerga ega. Bu bo`tunlay boshni o`rab oluvchi, turg`un va uzoq arzimagan bir sabab bilan qo`zg`aladi.
Qo`zg`atuvchi sabablar:A) harakat qilish B) spirtli ichimliklar iste`mol qilish
Ushbu og`riqqa chalingan kishilar – baland tovushni, yorug`likni, odamlar bilan gaplashishni yoqtirmaydi. Bemor qorong`ilik, tinchlik va chalqancha yotishni yaxshi ko`radi. Bu miyaning kuchsizligi yoki miya sezgisining kuchliligi alomatidir. G`ayritabiiy xilt, issiq yoki sovuq shishdir. Bu ko`pincha savdo yoki qattiq shishdan vujudga keladi. Shish ko`pincha miya pardasining o`rtasida yoki bosh kosasi suyagining sirtida yoki ichkarisida bo`ladi.Bundan tashqari bosh og`rig`i ko`pincha ilgari bo`lib o`t gan kassalliklar natijasida paydo bo`ladi. Ba`zan hamkor a`zolar kasalliklari natijasida ham paydo bo`ladi.
Davolash: Qon xilti sababli bo`lsa – tomirdan qon olinadi. Boshga burishtiruvchi dorilardan – erituvchi, qizdiruvchi darmonlar surtiladi. Masalan: Yalpiz, qora kunjut yog`i, Za`faron o`simligi. Arteriyalardan qon olish, peshona tomiridan qon olish tadbirlari, ovqat bo`lsa uni hazm qilishi kuchli bo`lgan ovqatlarni yemaslik kerak.


Shaqiqa (migren) kasalligi:
Bu boshning bir tomonida qo`zg`aladigan doimiy og`riq bo`lib, Jolinus uni boshning o`rtasigacha qoplovchi og`riq deb ta`rif qiladi.
Sababi: Xuddi Bayza yoki Xuda kasalligidagidek. Ba`zan og`riq, lokalizastiyasiga ko`ra: bosh kosasining ichida ba`zan bosh kosasini sirtdan o`rab turuvchi pardada bo`ladi. Ko`pincha chakka mushaklarida hosil bo`ladi. Shaqiqa ko`pincha xiltlardan vujudga kyeladi. Sovuq moddadan yuzaga keladigan kassallik issiqlik bilan tezda bosiladi va unda tortishish ham seziladi. Issiqdan bo`ladigan shaqiqada sovituvchi vositalar chakkaga qo`yilganda ular roҳatlanadi.
Davolash: Xuddi Bayza kasalligidagidek. Chakka va peshona tomirlaridan qon olinadi. Surgi dorilar byeriladi, huqna qilinadi. Sachratqi suvi – issiqdan bo`ladigan shaqiqaga yaxshi foyda qiladi. Agar shaqiqa davriy bo`lsa, bo`tun badan chiqindilardan tozalanib, mizoj o`zgartiriladi. Modda issiq bo`lsa – afyun, mexrigiyo ildizining po`stlari, ukrop, mingidevona kabi dorilar aralashmasi peshonaga qo`yiladi. Ayrim vaqt shaqiqaga siyoҳ ham foyda qiladi, u boshning kasal tomoniga surtiladi. Za`faron – peshonaga surtiladi. Bundan tashqari, gazago`t ham yaxshi foyda buyuradi. Agar og`riyotgan chakkaga – qo`rg`oshin yoki taxtacha bog`lansa, lo`qqilab og`riyotgan kuchli tomir urishiga to`sqinlik qiladi. Bundan tashqari bu bemorlar Hammomga tushib, boshini engashtirib bir necha marta issiq suvga solishi ham yaxshi natija buyuradi, shu vaqtda burunga paxta yog`i ham tomiziladi.



Download 57.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling