Nerv tizimi anatomiyasi. Bosh miya xastaliklari tasnifi. Nerv tizimi kasalliklarini tashxislash va davolash
Litargus – sovuq sarsom “unitish” kasalligi
Download 57.27 Kb.
|
17.Nerv tizimi anatomiyasi
Litargus – sovuq sarsom “unitish” kasalligi
Kalla suyagining ichkarisida bo`ladigan balg`amli shishga-“litargus” deyiladi. Bu balg`amdan vujudga keladigan sarsomdir. Shish ko`pincha miya moddasining yo`llarida bo`lib, uning pardalarida, qorinchalarida va miya mag`zida bo`lmaydi. Chunki balg`am, qon miya pardalarining qattiqligi sababli orqaga kamdan-kam o`tadi va yig`iladi. Bu kasallikning moddasi bosh aylanishi kasalligiga yaqin bo`lib, u miyaga qattiqroq o`rnashadi. Kassallik ko`pincha balg`am xilti va bug`ni paydo qiluvchi har bir narsadan hosil bo`lishi mumkin. U ko`pincha piyoz yeyishdan, hazm buzilishidan, ko`p ichishdan, ho`l mevalarni ko`p yeyishdan paydo bo`ladi. Belgilari: - yengil bosh og`rig`i - kuchsiz isitma - og`ir uyqu - kasal ko`zini ochish uchun yumadi. - unutish - esnash, og`izni ochib yopish ko`payadi - ba`azan og`iz ochilgancha qoladi, u yopishni unitadi yoki bekitishni xoxlasa ham uning uddasidan chiqmaydi - nafas siyrak, sust, kuchsiz bo`ladi Me`da hamkorligi ham qo`shilsa: -xiqichoq -til oqligi -suroqda javob bermaslik -ko`z milklarini qimirlata olmaslik -aql chalkashligi -qo`l-oyoqlar titrab, tyerlaydi -o`ringa yotganda bemor tyerga botib yotadi -tomir urishi qattiq, siyrak, sust, titroqli, to`lqinsimon bo`ladi Agar shish savdo moddasidan bo`lsa, qattiq og`riq bilan birga asabiylik va alaxlash bo`ladi, uning ko`zi ochiq, lekin hech narsani eslay olmaydigan holatda bo`ladi . Agar shish miya mag`zining o`zida bo`lsa, og`ir uyqu, harakat qiyinligi, til oqarishi, ko`z qorachig`i bir oz o`ynab turadi, uning harakat i qiyinlashadi, og`riq esa bo`shroq bo`ladi. Agar shish miya pardasida bo`lsa, og`riq qattiqroq, Harakat esa engilroq bo`ladi. Bunda unO`t ish va siydik chiqaruvchi mushakning kuchsizligi sababli siydik to`xtamay, siydik to`t olmaslik yuzaga kyeladi. Belgilari: yuqoridagi byelgilarga terlash ham qo`shilsa, o`lim yuzaga keladi. Chunki terlash organizm quvvatini tushirib yuboradi. Davolash: badan tanqiya qilinadi : a) qon olish b) huqna v) qustirish. Bemorni yorug` uyda yotqizib, qattiq uxlashga qo`ymaslik, uyg`otib turish kerak. Sovuq suv ichirilmaydi, badaniga zaytun yog`i, tabiiy soda, qichitqio`t urug`i, murch kabi dorivor o`simliklar surtiladi. Bundan tashqari tarqatuvchi quvvati kuchli bo`lgan dorilardan, hidlatiladigan, aksirtiradigan dorilar - tog` jambili, yalpiz, kaklik o`t i, asal, dengiz piyozi ishlatiladi. Qo`l-oyoqlar qizarib (oqarguncha), og`riguncha ishqalab uqalanadi. Ovqat egandan so`ng qo`l-oyoqlar bir necha soat uqalash amaliyoti qilinadi. Bemorning fiziologik chiqaruvini me`yorlashtirish uchun qorni va qovuq binafsha, gulsapsar ildizi kaynatilgan suv bilan uqalanadi. Xastalikdan tuzalish davrida yengil badantarbiya mashklari bajariladi. Download 57.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling