Nerv tizimi anatomiyasi. Bosh miya xastaliklari tasnifi. Nerv tizimi kasalliklarini tashxislash va davolash


Download 57.27 Kb.
bet5/8
Sana08.03.2023
Hajmi57.27 Kb.
#1253824
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17.Nerv tizimi anatomiyasi

Tutqanoq xastaligi
Tutqanoq – nafsoniy a`zolarning sezish va Harakat ishlariga, hamda tik turishiga to`sqinlik qiladigan kasallikdir. Sababi – tiqilma paydo bo`lishi bo`lib, ko`pincha u miyaning oldingi qorinchasiga yotgan zarardan paydo bo`ladigan umumiy tirishish sababli vujudga kyeladi. Bundan tashqari, Tutqanoq – miyani biror bir modda sababli siqilishi natijasida yuzaga kyeladi. Bunda bug` yoki moddasimon ro`tubat paydo bo`lishi mumkin. Uning sababi miya qorinchalari yoki asablarning o`sib chiqqan joyida tiqilma paydo qiluvchi xilt bo`ladi. Tutqanoq o`tib, hushiga kelish - xiltni haydash yoki yelni tarqalganidan yoki aziyat beruvchi sababni haydashdan keyin sodir bo`ladi. Tutqanoqda og`izdan ko`pik chiqishining sababi, og`iz bo`shlig`idagi suyuqlikning nafas yo`llariga o`t ishi ҳisoblanadi. Tutqanoq boshqa hamkor a`zolar tufayli ham kelib chiqadi. Lekin uning sababi qanday bo`lishidan qat`iy nazar, eng yaqin manbai miya bo`lib ҳisoblanadi. Bundan tashqari to`t qanoqni qo`zg`atuvchi moyillik qiluvchi sabablar ham mavjud. Ular ҳaddan tashqari ko`p ovqat iste`mol qilish, spirtli ichimliklar iste`mol qilish, oshqozon faoliyati buzilishi natijasida ovqat xazm qilish tizimida paydo bo`ladigan kasalliklar, oftobda ko`p turish kabilar, organizmda zararli moddaning hosil bo`lishiga olib kyeladi va u miyaga tarqaladi. Jinsiy aloqani ko`p qilish, ovqatdan keyin badantarbiya qilish, kashnich iste`mol qilish Tutqanoq kasalligini qo`zg`atish uchun sabab bo`ladi.
Tutqanoq qa moyil bo`lgan xavfli guruh kishilari: tugruq qaktida bosh miyadan jaroxat olganlar, zaif tug`ilgan bolalar, ho`l mizojli kishilarda me`da buzilishi borlar, shuningdek issiq shamol esadigan mamlakatlarda yashovchi kishilarda kuzatiladi, chunki bu sabablar boshni rutubatga to`ldiradi. Kuchsiz, kamqon, qon tomirlari tor bo`lgan ayollar va bolalar kasalligiga moyilroq bo`ladilar.
Kasallikning belgilari: – tilning sarg`ayishi va til ostidagi tomirning ko`karishidir. To`t qanoqdan oldin til harakati kuchsizlanadi, yomon tushlar ko`rish, xotiraning pasayishi, vaxima, qo`rqoqlik va g`azab kabi sezgilar paydo bo`ladi. Nafas olish yomonlashadi, ko`krak qafasi sohasida siqilish alomatlari, karlik belgilari paydo bo`ladi.

Download 57.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling