Odamdagi rudiment organlar va atavizm. Odam embrionlarini
o‘rganish embrionlarda keyinchalik yo mutlaqo yo‘qolib ketadigan
yoki, masalan, dum yoxud jabra yoriqlari paydo bo‘lganida rudi-
ment xolida qolib, yetarli rivojlanmaydigan bir qancha organlar
vujudga kelishini ko‘rsa tadi. Odamda hammasi bo‘lib 90 tadan or-
tiqroq rudiment organlar ma’lum (23-rasm).
23-rasm. Odamning rudimentar organlari:
1—besh oylik embrion boshidagi soch; 2—Darvin dumbori (a) bor
quloq suprasi; 3—yarim oysimon burma (p. s).
Solishtirma fiziologik dalillar. Solishtirma fiziologiya ma’lumot-
lari ham shundan dalolat beradiki, odam bilan maymunlarning
o‘zaro o‘xshashligini avvalo quyidagi faktlar tasdiqlaydi. Qonning
to‘rtta gruhidan uchtasi - II, III va IV guruh gibbonlar, orangutang-
83
lar va gorillalarda, I va II guruh shimpanzeda topilgan. Odam
qoni (II guruh qoni) shimpanzega quyilganida va aksincha qilin-
ganida ijobiy natijalar olindi. Bir qancha biokimyoviy jarayonlar,
masalan, purinlar va boshqa moddalarning parchalanishi odam
bilan antropomorf maymunlarda bir xil tarzda o‘tadi. Shimpanze-
dan odam tanasiga ko‘chirib olib o‘tkazilgan ba’zi ichki sekretsiya
bezlari normal ishlaydi. Odam bilan odamsimon maymunlarda
homiladorlik muddatlari bir xil
Do'stlaringiz bilan baham: |