Anatomiya yangi indd
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
Paleoantroplar- qadimgi odamlar yoki bundan 200-300 ming
yil ilgari paydo bo‘lgan. Qadimgi odamlarni – neandertallar deb ataladi. Qadimgi odamning to‘la saqlanmagan kalla suyagi dastlab Gibraltar rayonida 1848 yilda topilgan edi. O‘sha vaqtlarda bunga hech kim ahamiyat bermaganligi ajablanarli emas. Qadimgi odam skeleti qoldiqlari ikkinchi marta topilgan payt 1856-yilga to‘g‘ri keladi, bunda sodda tuzilgan odam kalla suyagining qopqog‘i va boshqa ba’zi suyaklari Germaniyada, Neander vodiysida topildi. Shu turdagi odam topilgan joyining nomi bilan ne andertal oda- mi deb ataldi. Hozir suyak qoldiqlari bo‘lgan qirqtadan ortiq joy ma’lum, bu joylar neandertal odamlarining eski dunyoda keng tar- qalganligini ko‘rsatadi: ular Yevropa, Afrika va Osiyoda yashagan. Neandertallarning qol diqlari Qrim va O‘zbekistonning Sur- xondaryo viloyatidagi Teshiktosh g‘oridan ham topilgan. Neander- talning bo‘yi zamonaviy odamdan birmuncha pastroq bo‘lib, o‘rta hisobda 158 sm ga borar edi. Tanasi baquvvat bo‘lib, suyaklari yo‘g‘onligi, umurtqa pog‘onasi sal bukikligi bi lan ajralib turardi. Kalla suyagi quyidagi belgilar bilan: shaklining cho‘ziqligi, ko‘z kosasi ustida qalin rovog‘i borligi, peshanasining qiyaligi va bosh gumbazining past bo‘lishi bilan xarakterlanar edi. Qalin pastki jag‘ining iyagi bo‘lmagan yoki zaif rivojlangan. Neandertal miya - sining hajmi zamonaviy odam miyasining hajmi bilan bir xilda 88 bo‘lib, 1400 sm 3 ga teng kelar, lekin miyasi, xususan, peshana bo‘lagi kuchsizroq rivojlangan edi. Neandertallarning Yevropada paydo bo‘lishi muzlash davrining oxiriga to‘g‘ri keladi. O‘sha davrda G‘arbiy Yevropada va Ros- siya tekisligining ko‘pgina qismi muz bilan qoplangan, janubga tomon surilib kelgan edi. Bosib kelayotgan muzdan chekinib, is- siqsevar hayvonlar janubga tomon migratsiya qilib bordi. Joyida qolgan formalar yangi sharoitlarga moslashdi. Mamont, jundor karkidon, shimoliy bug‘u va qo‘y-ho‘kiz singari sovuqqa chidamli qalin jun bilan qoplangan bir qancha hayvon turlari paydo bo‘ldi. Shu turlarning keyingi ikkitasi sovuq Arktika sharoitlarida hozir
ham saqlanib qolgan. O‘zgarib qolgan iqlim sharoitlari neandertallarga ham ta’sir ko‘rsatdi. Lekin ular issiqsevar hayvonlar bilan birga janubga ke- tib qolgani yo‘q, shu bilan bir vaqtda ularda past temperaturaga chidashga imkon beradigan o‘ziga xos moslanishlar ham paydo bo‘lgani yo‘q. Ularning taraqqiyoti endi tamomila boshqacha yo‘l bilan - inson taraqqiyoti yo‘li bilan bordi. Neandertal odamlari tabiatning ba’zi hodisalaridan o‘zlarining ajdodlari - eng qadim- gi odamlarga qaraganda yanada ko‘proq foydalanishni o‘rganib oldi. Ular noqulay ob-havo sharoitlaridan jon saqlash maqsadi- da tabiiy g‘orlardan yovvoyi hayvonlarni haydab chiqarib, shu g‘or- lardan foydalandilar. Ana shunday pana joylarda betinim yoqib tu- riladigan olov zarur issiqni berib turdi. Neandertallarning tosh qu- rollari ov ehtiyojlariga moslangan edi. Bularda sinantroplarning oddiy qurollaridagiga qaraganda ancha pishiq ishlov berilganini ko‘rsatadigan izlar saqlanib qolgan. Neandertallar ham, xuddi sin- antroplar singari chaqmoqtoshdan yasalgan «dastaki chopqilar»dan foydalangan, bu asboblar har xil maqsadlar uchun, asosan, o‘ldirilgan hayvonlarni chopish uchun ishlatilgan. Qadimgi odamlar yasagan boshqa tosh qurollardan ikki xil qurol: qirg‘ich va qirrauchliklar ko‘proq ishlatilgan. Qirg‘ichlar uzunligi 10 sm ga boradigan yarim oval shaklidagi toshlar edi; ana shunday qirg‘ichning bir yoki ikki qirrasi o‘tkirlangan bo‘lardi. Shu qirg‘ich bilan go‘sht qirqish va terini tozalash mumkin bo‘lardi. Yoni 8-10 sm keladigan uchbur- chak shaklidagi qir ra uchliklar ham kesuvchi qurol o‘rnini bo- sardi. Yirik hayvonlar to‘p-to‘p bo‘lib ov qilinar edi. Neandertallar 89 ovqatga go‘sht ishlatish bilan birga sovuq, yomg‘ir va shamoldan tanasini saqlash uchun hayvon terisidan ham foydalanar edi. Ni- hoyatda qiyin yashash sharoitida neandertallarda tabiiy tanlanish chaqqonlik, dovyuraklik, chidamlilik yo‘nalishida davom etgan. Lekin ijtimoiy omillar: jamoa bo‘lib yashash, mehnat faoliyati, ya- shash uchun birga kurashish va idrok etishning rivojlanishi ham katta rol o‘ynagan. Neandertallar 150-28 ming oldin yashaganlar. So‘nggi neandertallar hozirgi zamon odamlarining dastlabki va- killari orasida yashagan. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling