Anatomiya yangi indd


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

Odamsimon maymunlarga dumi bo‘lmasligi bilan ajralib turadi-

gan eng katta maymun turlari kiradi. Ularning oldingi oyoqlari uzun 

bo‘lib, qaddini rostlaganida tizzasidan pastga tushib turadi (hayvon-

lar erda yurganida oldingi oyoqlari bukilgan barmoqlari ning orqa 

tomoni bilan tayanadi). Hozirgi vaqtda odamsimon maymunlar ning 

uchta avlodi: orangutang, shimpanze va gorilla saqlanib  qolgan.



Odam va odamsimon maymunlar gavda tuzilishidagi o‘x sha sh lik 

va farqlar. 

81

Odam skeleti boshqa umurtqali hayvonlarning, ayniqsa sut 



emizuvchilarning skeleti bilan solishtirib ko‘rilsa, ular tuzilishida, 

ya’ni bosh, tana, qo‘l va oyoq skeletlarida umumiylik borligi ko‘zga 

yaqqol tashlanadi. Avvalo odam skeletidagi hamma suyaklar 

ning 


har qanday odamsimon maymun skeletiga o‘zaro o‘xshashligi 

ko‘zga tashlanadi. Muskullar, shuningdek ichki organlarning har 

bir sistemasiga kelganda ham xuddi shunday manzara ko‘riladi. 

Shu narsa diqqatga sazovorki, bosh miyasining tuzilishi jihatidan 

tubdan maymunlardan ko‘ra yuksak maymunlar odamga yaqinroq 

turadi. Odam tanasining normal holati vertikal tik holatdir; ayni 

vaqtda umurtqa pog‘onasida S-simon bukilma hosil qiladi. May-

munlar yerda yurganida ham tanasi hech qachon tamom rostlan-

maydi; umurtqa pog‘onasining S-simon bukilmasi juda sust ifo-

dalangan bo‘ladi.

Odamda kalla suyagining miya qismi yuz qismidan ancha ustun 

turadi odamning peshanasi keng, suyak tor bo‘lmaydi. Ko‘z kosasi-

ning ustida do‘mboqchalari yo‘q, burun qanshari baland; pastki jag‘i 

ro‘yirost bilinib turadigan engak do‘mbog‘ini hosil qiladi. Odam-

simon maymunlarda kalla suyagining miya qismi rivoj lanishda yuz 

qismidan ustun turmaydi. Odam kalla suyagi miya qismining kuchli 

rivojlanganligi bosh  miyasining   rivojlanganligiga bog‘liqdir,   odam 

bosh miyasining hajmi 1400-1600 sm



3

 ga baravar, holbuki odamsi-

mon maymunlar miyasining hajmi ko‘pi bilan 600 sm



keladi. Bosh 

miya po‘stlog‘ining juda rivojlanganligi odam miyasi uchun xarak-

terlidir, antropomorf maymunlarda bosh miya po‘stlog‘i ancha 

sust rivojlangan bo‘ladi. Odam katta yarim sharlar po‘stlog‘ining 

sathi o‘rtacha 1250 sm

2

 ga teng. Odamsimon maymunlarniki 



esa undan 3,5 marta kichikdir. Odamsimon maymunlarda miya 

hajmi kichikligi, yarim sharlar po‘stlog‘ining peshana va chakka 

qismlari yaxshi rivojlanmaganligi sababli fikrlashga qodir emas. 

Odam embrioni rivojlanish jarayonida odamsimon maymun-

larning embrionlariga ko‘p o‘xshashligini saqlab qolgan, keyingi 

bosqichlardagina odam embrioni odamsimon maymunlar embri-

onidan farq qila boshlaydi. Chunonchi, odam embrionidagi miya 

burmalari yettinchi oyning oxirida xuddi maymunlar miyasi bi-

lan bir xil darajada rivojlangan bo‘ladi. Shunisi xarakterliki, odam 

embrioni oyog‘iniig bosh barmog‘i muayyan davrda boshqalaridan 




82

kalta bo‘ladi va xuddi maymunlardagidek boshqalarga   nisbatan 

burchak  ostida   joy oladi.

Mana shu dalillarning hammasi odam va boshqa umurtqali 

hayvonlar, xususan, antropomorf maymunlarning individual rivoj-

lanish qonuniyatlari bir xil ekanligidan dalolat beradi. Biogenetik 

qonunga muvofiq odam ontogenezi uning filogenetik taraqqiyoti-

dagi eng muhim bosqichlarini, asosan takrorlab o‘tadi. Odam onto-

genezida ajdod formalari: bir hujayrali, xordali, baliqsimon va, ni-

hoyat maymunsimon ajdodlarning qisqacha takrorlanishi ko‘rinadi.




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling