Anatomiya yangi indd
ANATOMIYA VA FIZIOLOGIYA FANLARI
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
ANATOMIYA VA FIZIOLOGIYA FANLARI
TARAQQIYOTINING QISQACHA TARIXI Odam tanasining tuzilishiga oid dastlabki ma’lumotlar Yunon (qadimgi Gretsiya)da miloddan avvalgi
faylasuflar tomonidan to‘plangan. Antik madaniyat rivojlangan davrda tabiblar odam tanasining tuzilishi haqidagi diniy qarashlar, tushunchalar bilan cheklanib qolmasdan, balki murdalarni yorib o‘rganganlar. O‘z zamonining mashhur tabibi, Gippokrat avlod- dan avlodga og‘zaki o‘tib kelayotgan anatomik ma’lumotlarni, kuzatishlarni to‘plab, sistemaga soladi. Yunonistonda yashagan buyuk olim, faylasuf Aristotel qarashlari tibbiyot fanlarining taraqqiy etishida muhim rol o‘ynagan. U hayvonlarning 500 dan ortiq turining tashqi tuzilishini tasvirlab bergan va ularni tasnif- lagan. O‘rta asr boshlarida yashagan atoqli tabib Abu Ali ibn Sino o‘zining juda ko‘p ilmiy asarlari bilan tibbiyot, shu jumladan, anatomiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning «Tib qonunlari» 5 jildli asari
asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. Leonardo da Vinchi plastik anatomi- yaga oid o‘z tekshirish natijalarini to‘plab, plastik anatomiya kursi- ni sistemaga soladi. XVI asrda olimlar murdani yorib o‘rganishlari tufayli a’zolarning tuzilishi haqidagi ilmiy ma’lumotlar ko‘paya boshladi. Andrey Vezaliy odam murdasini yashirincha yorib ko‘radi. Vezaliy anatomiyaga oid «Odam tanasining tuzilishi» nomli mashhur asarini yozdi. O‘sha davrda atoqli ingliz anatomi Vilyam Garvey hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazib, qon tomirlarda qonning oqishini tekshiradi. I.M.Sechenov va I.P.Pavlovning fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy ishlari anatomiya va fiziologiya fanida funksional yo‘nalish yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Sharq dunyosida jahonga tanilgan ko‘plab olimlar yashab va ijod etganlar. Abu Nasr Muhammad al-Forobiy o‘zining 160 dan ortiq asari bilan falsafa, tibbiyot, musiqa nazariyasiga ko‘p yangilik kiritdi. Forobiy anatomiya va fiziologiyadan chuqur bilimlarga ega bo‘lgan. U nervlarni sezuvchi va harakatlantiruvchilarga bo‘lgan, yurak faoliyatini nervlar boshqaradi, deb taxmin qilgan.
6 Ismoil Jurjoniy mohir tabib, yirik olim sifatida tanilgan. Uning «Kasallikni aniqlash usullari», «Tibbiyot asoslari» kabi kitoblari ma’lum. Ismoil Jurrjoniy «Xorazmshoh mo‘jizalari» nomli asarida tibbiyotning nazariy va amaliy masalalarini yoritadi, anatomiya va fiziologiyaga oid ma’lumotlar keltiradi. U odam sog‘lig‘ini saqlash uchun zararli ta’sir etuvchi barcha narsalarni yo‘qotish lozim deb yozgan, shuningdek, mijozlar haqida bayon etib, ular nasldan naslga o‘tishini aytadi. Bu kitobda olim gigiyena masalalari us- tida to‘xtab, suv, havo, kiyim, uy-joy, xotirjamlik holati, uyg‘oqlik, tush ko‘rish masalalarini tib biyot nuqtai nazaridan bayon qilgan. O‘zbekistonda anatomiya fanining rivojlanishiga olimlardan: P.O.Isayev, E.M.Milman, R.Z.Zoxidov, M.R.Sapin, Yu.M.Borodin, K.A.Zufarov, S.N.Kasatkin, R.E.Xudoyberdiyev, S.A.Dolimov, N.K.Ahmedov, R.Alavi, O.Oqilov, R.G‘ulomov va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari va darsliklari bilan munosib hissa qo‘shdilar. Akademik K.A.Zufarov, S.N.Kasatkin va P.O.Isayev odam hamda hayvonlarning hazm tizimining mikroskopik va makros- kopik tuzilishini, qon tomirlarini, E.P.Milman, R.E.Xudoyberdiyev va S.A.Dolimov limfa tizimini, N.K.Ahmedov, R.Z.Zoxidov nerv tizimining embriologik taraqqiyotini mukammal o‘rgandilar. N.K.Ahmedov birinchi marta o‘zbek tilida atlas yaratdi. Odam anatomiyasidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darsliklar va qo‘llanmalar yaratilgan. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling