Anatomiya yangi indd


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

Paleoantroplar-  qadimgi odamlar yoki bundan 200-300 ming 

yil ilgari paydo bo‘lgan. Qadimgi odamlarni – neandertallar deb 

ataladi. Qadimgi odamning to‘la saqlanmagan kalla suyagi dastlab 

Gibraltar rayonida 1848 yilda topilgan edi. O‘sha vaqtlarda bunga 

hech kim ahamiyat bermaganligi ajablanarli emas. Qadimgi odam 

skeleti qoldiqlari ikkinchi marta topilgan payt 1856-yilga to‘g‘ri 

keladi, bunda sodda tuzilgan odam kalla suyagining qopqog‘i va 

boshqa ba’zi suyaklari Germaniyada, Neander vodiysida topildi. 

Shu turdagi odam topilgan joyining nomi bilan ne andertal oda-

mi deb ataldi. Hozir suyak qoldiqlari bo‘lgan qirqtadan ortiq joy 

ma’lum, bu joylar neandertal odamlarining eski dunyoda keng tar-

qalganligini ko‘rsatadi: ular Yevropa, Afrika  va Osiyoda yashagan. 

Neandertallarning qol 

diqlari Qrim va O‘zbekistonning Sur-

xondaryo viloyatidagi Teshiktosh g‘oridan ham topilgan. Neander-

talning bo‘yi zamonaviy odamdan birmuncha pastroq bo‘lib, o‘rta 

hisobda 158 sm  ga borar edi. Tanasi baquvvat bo‘lib, suyaklari 

yo‘g‘onligi, umurtqa pog‘onasi sal bukikligi bi 

lan ajralib turardi. 

Kalla suyagi quyidagi belgilar bilan: shaklining cho‘ziqligi, ko‘z 

kosasi ustida qalin rovog‘i borligi, peshanasining qiyaligi va bosh 

gumbazining past bo‘lishi bilan xarakterlanar edi. Qalin pastki 

jag‘ining iyagi bo‘lmagan yoki zaif rivojlangan. Neandertal miya -

sining hajmi zamonaviy odam miyasining hajmi bilan bir xilda 




88

bo‘lib, 1400 sm



3

  ga teng kelar, lekin miyasi, xususan, peshana 

bo‘lagi kuchsizroq rivojlangan  edi.

Neandertallarning Yevropada paydo bo‘lishi muzlash davrining 

oxiriga to‘g‘ri keladi. O‘sha davrda G‘arbiy Yevropada va Ros-

siya tekisligining ko‘pgina qismi muz bilan qoplangan, janubga 

tomon surilib kelgan edi. Bosib kelayotgan muzdan chekinib, is-

siqsevar hayvonlar janubga tomon migratsiya qilib bordi. Joyida 

qolgan formalar yangi sharoitlarga moslashdi. Mamont, jundor 

karkidon, shimoliy bug‘u va qo‘y-ho‘kiz singari sovuqqa chidamli 

qalin jun bilan qoplangan bir qancha hayvon turlari paydo bo‘ldi. 

Shu turlarning keyingi ikkitasi sovuq Arktika sharoitlarida hozir 

 

ham   saqlanib  qolgan.



O‘zgarib qolgan iqlim sharoitlari neandertallarga ham ta’sir 

ko‘rsatdi. Lekin ular issiqsevar hayvonlar bilan birga janubga ke-

tib qolgani yo‘q, shu bilan bir vaqtda ularda past temperaturaga 

chidashga imkon beradigan o‘ziga xos moslanishlar ham paydo 

bo‘lgani yo‘q. Ularning taraqqiyoti endi tamomila boshqacha yo‘l 

bilan - inson taraqqiyoti yo‘li bilan bordi. Neandertal odamlari 

tabiatning ba’zi hodisalaridan o‘zlarining ajdodlari - eng qadim-

gi odamlarga qaraganda yanada ko‘proq foydalanishni o‘rganib 

oldi. Ular noqulay ob-havo sharoitlaridan jon saqlash maqsadi-

da tabiiy g‘orlardan yovvoyi hayvonlarni haydab chiqarib, shu g‘or- 

lardan foydalandilar. Ana shunday pana joylarda betinim yoqib tu-

riladigan olov zarur issiqni berib turdi. Neandertallarning tosh qu-

rollari ov ehtiyojlariga moslangan edi. Bularda sinantroplarning

oddiy qurollaridagiga qaraganda ancha pishiq ishlov berilganini 

ko‘rsatadigan izlar saqlanib qolgan. Neandertallar ham, xuddi sin-

antroplar singari chaqmoqtoshdan yasalgan «dastaki chopqilar»dan 

foydalangan, bu asboblar har xil maqsadlar uchun, asosan, o‘ldirilgan 

hayvonlarni chopish uchun ishlatilgan. Qadimgi odamlar yasagan 

boshqa tosh qurollardan ikki xil qurol: qirg‘ich va qirrauchliklar 

ko‘proq ishlatilgan. Qirg‘ichlar uzunligi 10 sm ga boradigan yarim 

oval shaklidagi toshlar edi; ana shunday qirg‘ichning bir yoki ikki 

qirrasi o‘tkirlangan bo‘lardi. Shu qirg‘ich bilan go‘sht qirqish va 

terini tozalash mumkin bo‘lardi. Yoni 8-10 sm keladigan uchbur-

chak shaklidagi qir 

ra uchliklar ham kesuvchi qurol o‘rnini bo-

sardi. Yirik hayvonlar to‘p-to‘p bo‘lib ov qilinar edi. Neandertallar 

89

ovqatga go‘sht ishlatish bilan birga sovuq, yomg‘ir va shamoldan 



tanasini saqlash uchun hayvon terisidan ham foydalanar   edi. Ni-

hoyatda qiyin yashash sharoitida neandertallarda tabiiy tanlanish 

chaqqonlik, dovyuraklik, chidamlilik yo‘nalishida davom etgan. 

Lekin ijtimoiy omillar: jamoa bo‘lib yashash, mehnat faoliyati, ya-

shash uchun birga kurashish va idrok etishning rivojlanishi ham 

katta rol o‘ynagan. Neandertallar 150-28 ming oldin yashaganlar. 

So‘nggi neandertallar hozirgi zamon odamlarining dastlabki va-

killari orasida yashagan.




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling