Anatomiya yangi indd
Neoantroplar – dastlabki hozirgi zamon odamlari
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
Neoantroplar – dastlabki hozirgi zamon odamlari. To‘rtlamchi
davrning oxirida, bundan taxminan, 100-120 ming yil avval nean- dertallarning avlodlari - dastlabki hozirgi zamon odamlar paydo bo‘ldi. Ularning suyak qoldiqlari birinchi marta 1868 yilda Fran- siyada, Kromanon g‘ori yaqinidan topilgan. Shu sababli ular kro- manonlar deb ataladigan bo‘ldi. Kroman onlar taxminan 50 ming yil oldin paydo bo‘lgan. Kroman onlarning skeleti Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyadan ham topilgan. Kroman onlar neandertallar- ga qaraganda birmuncha bo‘ydorroq bo‘lib, bo‘yi 180 sm ga bora- di. Bosh miyasining hajmi 1600 sm 3 – 1800 sm 3 gacha bo‘lgan. Zamonaviy odamning kalla suyagiga qanday belgilar xarakterli bo‘lsa, ularning kalla suyagida ham o‘sha hamma belgilar mavjud. Neandertallarning kalla suyagida bo‘lgan maymunlarga xos bel- gi ularning kalla suya gida odatda yo‘q. Kromanonlarning pastki jag‘ida xarakterli iyak do‘mbog‘i borligi ularning ma’noli nutqqa layoqatli bo‘lganidan darak beradi. Qurollar yasashga kelganda kromanonlar neandertal odam- lariga qaraganda ancha ilgarilab ketdilar. Ularning tosh qurollari juda yaxshi ishlanganligi bilan ajralib turadi; bundan tashqari ular o‘ziga kerakli buyumlarni yasash uchun suyak va shoxdan keng foydalanishni o‘rganib oldilar. Ularning qurollari orasida shak- lan pichoqqa, nayza uchlariga o‘xshab ketadigan tosh plastinkalar uchraydi va hokazo. Masalan, garpunlarning uchi suyak va shox- dan tayyorlanar edi. Mana shu hol kromanonlarning baliq ovi bi- lan shug‘ullanganidan darak beradi. Ular otlarni, mamont, shimol bug‘usi, bug‘u, bizonlarni, shimol tulkisi va boshqa hayvonlarni ov qilardi. Kromanonlarda tasviriy san’at paydo bo‘ladi, o‘zlari uchun turar joy qurganlar, kulolchilik bilan shug‘ullanganlar. Yov-
90 voyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib ibtidoiy dehqonchilik va chorva- chilik bilan shug‘ullanganlar.
Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling