Biosfera evolutsiyasi va differentsiyasi. Ekosistema tarkibi va mustahkamligi


Download 287.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi287.84 Kb.
#1270076
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BIOSFERA EVOLUTSIYASI VA DIFFERENTSIYASI EKOSISTEMA TARKIBI VA MUSTAHKAMLIGI



BIOSFERA EVOLUTSIYASI VA DIFFERENTSIYASI. 
EKOSISTEMA TARKIBI VA MUSTAHKAMLIGI 
 
Reja: 
1. Noogenez bosqichi 
2. 
Biosferaning moddiy tarkibi
 
3. Biosferaning qiymati 
Foydalanilgan adabiyotlar 


Biosferaning evolutsiyasi asosan ikki xil muhim omillar: 
1. 
Sayyoramizda geologik va iqlim o‘zgarishlari ta’sirida. 
2. 
Biologik evolutsiya jarayonida tirik organizmlar turlari ning 
tarkibi va sonining o‘zgarishlari ta’sirida amalga oshib kelgan. 
Hozirgi zamonda bu omillarga uchinchisi, inson jamiyati- ning 
ta’siri qo‘shiladi. 
Biosfera evolutsiyasi 3 ta bosqichga ajratiladi. 
1. 
Birinchi bosqichda biotik davriy aylanish xususiyatigaega 
birlamchi biosfera paydo bo‘ladi. Bu bosqich taxminan 3 milliard yillar 
oldin boshlanib, paleozoy erasining kembriy davrigacha davom etadi. 
2. 
Ikkinchi bosqichda biosferaning biotik tarkibiy qismi —ko‘p 
hujayrali organizmlar murakkablashadi. Bu davr 0,5 milliard yillar 
oldin, kembriy davridan boshlanib, hozirgi zamon odamlari paydo 
bo‘lishigacha davom etadi. 
3. 
Uchinchi bosqich insoniyat jamiyatining kelib chiqishiga 
bog‘liq. Bundan taxminan 40—50 ming yillar avval boshlanib, hozirgi 
vaqtgacha davom etmoqda. Biosfera evolu- tsiyasining bir inchi va 
ikkinchi bosqichlari faqat biologik qonuniyatlar natijasida kechadi, 
shuning uchun bu bosqichlarni birlashtirib biogenez davri deyiladi. 
Uchinchi bosqich insoniyat jamiyati kelib chiqishi va rivoj- 
lanishiga bog‘liq bo‘lgani uchun uni noogenez davri deyiladi. 
Biogenez bosqichi. Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan 
bir vaqtda paydo bo‘ladi. Tirik organizmlar evolutsiyasi bilan birga 
biosfera ham o‘zgara boradi. Dastlabki tirik organizmlar bir hujayrali 
geteretrof oziqlanuvchi anaerob prokariotlar bo‘lgan. Bu organizmlar 
energiyani asosan glikoliz, bijg‘ish jara yonlari natijasida to‘plagan. 


Bu dastlabki tirik organizmlar abiogen usulda hosil bo‘lgan tayyor 
organik moddalar bilan oziqlanib, biosferaning birlamchi biomassasini 
to‘plab borgan. 
Birlamchi biosferada organik moddalar kam bo‘lgani uchun 
geterotrof prokariotlar tez ko‘paya olmas edi. Tabiiy tanlash natijasida 
anorganik moddalardan organik moddalarni mustaqil sintezlay oladigan 
autotrof organizmlar birinchi xemosintez- lovchi, fotosintezlovchi 
bakteriyalar va ko„k-yashil suvo„tlari paydo bo„la di. 
Birinchi fotosintezlovchi organizmlar karbonat angidridni yutib, 
kislorodni ajratib, atmosferaning tarkibini o‘zgartirgan. Natijada 
atmosferada karbonat angidrid miqdori kamayib, kislorod miqdori 
tobora ko‘payib borgan. Atmosferaning 15—25 km balandligida 
elektrokimyoviy jarayonlar ta’sirida kisloroddan ozon ekrani hosil 
bo‘lgan. Ozon ekrani Yer yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning 
ultrabinafsha nurlari va kosmik nurlari- ning halokatli ta’siridan
himoya qilgan. Bunday qulay sharoitda dengiz yuzasida tirik 
organizmlar yanada ko‘paya borgan. 
Atmosferada erkin kislorodning ko‘payishi Yer yuzasida aerob 
tipda kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning va ko‘p 
hujayralilarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. 
Ozon ekrani tirik organizmlarning suvdan quruqlikka tarqa lishiga 
imkon yaratgan. Birinchi ko‘p hujayrali organizmlar atmosferada 
kislorodning miqdori taxminan 3 foizga yetganda, kembriy davrining 
boshida, bundan 500 million yillar avval kelib chiqqan deb taxmin 
qilinadi. 


Dengizda yashovchi fotosintezlovchi organizmlar keragidan 
ortiqcha kislorod hosil qilgan va aerob organizmlarning yanada tez 
rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Aerob nafas olish jarayonida moddalar 
parchalanishi tufayli ko‘p energiya ajralgan. Ko‘p energiya esa 
organizmlarda morfologik va fiziologik murak kablashishga imkon 
yaratadi. 
Organizmlar har xil yashash muhitlariga o‘tib, keng tarqala 
boshlagan. Paleozoy erasida hayot faqat suvdagina keng tarqa- lib 
qolmay, quruqlikka ham chiqqan. Yashil o‘simliklarning keng 
rivojlanishi atmosferani kislorod bilan yanada boyitdi, bu esa 
organizmlar tuzilishini yanada takomillashtirdi. 
Paleozoyning o‘rtalarida kislorodning hosil bo‘lishi va sarflanishi 
o‘rtasida muvozanat paydo bo‘ldi, atmosferada kislorod miqdori 
taxminan 20 foizgacha yetdi va bu muvozanat hozirgacha saqlanib 
kelmoqda. 
Tabiatda moddalar davriy aylanishida ishtirok etuvchi autotroflar, 
geterotroflar 
va 
redutsentlar 
faoliyatlarining 
muvozanatlashishi 
natijasida biosferada gomeostaz holati shakl- lanadi. Insonning paydo 
bo‘lishi bilan biosfera tarixida yangi juda kuchli omil paydo bo‘ldi va bu 
omil o‘z ta’siriga ko‘ra katta geologik jarayonlarga teng kela boshladi. 
Bu omil (inson faoliyati) biosferaning gometostaz (turg‘unlik, 
barqarorlik) holatini buzilishiga sabab bo‘la boshladi. 

Download 287.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling