Anatomiya yangi indd


ODAMNING KELIB CHIQISHIGA OID


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

ODAMNING KELIB CHIQISHIGA OID 

PALEONTOLOGIK DALILLAR

Zamonaviy paleontologiya odamning kelib chiqishi haqidagi 

nazariy qoidalarni tasdiqlaydigan katta materialga  egadir. Primatlar 

tarixining avval boshi uchlamchi davrdan boshlanadi. Eng qadimgi 

qazilma formalar oligotsendan ma’lumdir: parapitek bilan proplio-

pitek shular jumlasidandir. Bular primatlarning sodda vakillari edi. 

Oligotsen boshlarida yashagan parapitek kattaligi mushuk dek kela-

digan tor burunli kichkina maymun bo‘lgan. Propliopitek birmun-

cha kattaroq hayvon edi; zamonaviy gibbonlar tarmog‘i  shundan 

kelib chiqqan. Mioitsenda endi haqiqiy antropomorf maymunlar 

paydo bo‘ladi; ularning xilma xil turlari Yevropa, Shimoliy Af-

rika va Janubiy Osiyodan tarqalgan. Bularning orasida tishlarining 

tuzilishi jihatidan zamonaviy odamsimon maymunlarga qa raganda 

odamga ko‘proq yaqin turadigan formalar bor. Birinchi galda bu-

larga driopiteklar va ularga yaqin formalarni kiritish kerak. Driopi-

tek dastlab 1856-yili Sen-Godan (Fransiya) da, yoshi 15–18 mln. 

yilga boradigan qadimgi qatlamlardan topilgan. Shu topilmadan 

xabari bo‘lgan Darvin uni odam va Afrika antropomorf maymunlari 

- gorilla bi lan shimpanzening umumiy avlodi deb hisobladi. Jag‘lar 

bilan tishlarning tuzilishi driopiteklarning odamlarnikiga o‘xshash  

bo‘lganligidan dalolat beradi, shu jag‘lar bilan tishlarda odamlarga 

ham, antropoidlarga ham xos belgilari bor. Driopitekning pastki 

jag‘ tishlari tuzilishi jihatidan odamning jag‘ tishlariga o‘xshaydi; 

shu bilan bir vaqtda oziq tishlarning juda rivojlanganligi va shular-

ga yarasha diastema borligi antropomorf maymunlar uchun xosdir.

Antropomorf maymunlar Janubiy Amerika to‘rtlamchi davr 

yotqiziqlariga doir bo‘lib, avstralopiteklar degan umumiy nom 



84

bilan atalgan topilmalari odam filogenezini aniqlash uchun kat-

ta ahamiyatga egadir. Bular kattaligi shimpanzedek keladigan, 

quruqlikdagi ikki oyoqli antropoidlar bo‘lib, pleystotsen bosh-

larida hozirgi savannalarga o‘xshab ketadigan juda ochiq joylarda 

yashagan. 1924-yilda dastlabki avstralopitekni tasvirlab bergan 

R. Dart qadimgi odamlarning belgilariga o‘xshab ketadigan bir qa-

ncha xarakterli belgilarga ahamiyat berdi. Avstralopitek tishlarining 

qatori diastemalarsiz, juda tekisdir, oziq tishlari deyarli turtib chiq-

maydi. Peshanasi kamroq enkaygan, kalla suyagining yuz bo‘limi 

zamonaviy antropomorf maymunlardagiga qaraganda kamroq 

rivojlangan. Avstralopitek guruhiga kiradigan Afrika maymunlari 

kalla suyagi bo‘shlig‘ining hajmi shimpanzedagidan ko‘ra sal kat-

taroq bo‘lib, katta gorilla kalla suyagining hajmidan ortmas edi 

(650 sm

g

).Avstralopiteklar va afrika antropoidlarining ularga qon qa-

rdosh formalari ikki oyoq bilan tik holatda yurgan. Ular o‘simliklar 

bilan ovqatlangan,  lekin, aftidan go‘shtli  ovqat ham iste’mol qil-

gan, chunki hayvonlarni, jumladan, pavianlarni ovlagan. Chunon-

chi, g‘orlarda avstrolopiteklarning qoldiqlari bilan birga topilgan 

pavian kal 

la suyaklarining 80 %ida tosh yoki tuyoqli hayvonlar-

ning uzun suyaklari bilan berilgan zarba izlari bor. So‘nggi yillarda 

qilingan kashfiyotlar avstralopitek 

lar va yuksak darajada tuzilgan 

maymunlarning morfologik jihatdan ularga yaqin turlari  Janubiy 

Afrika  bilan Osiyoda keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Ana shunday 

for ma individlarining topilgan qoldiqlariga qarab aniqlangan umu-

miy soni taxminan 350 taga boradi. Butun mana shu katta to‘plam 

ichida  Tanganikaning  shimoliy   qismidagi Oldovay darasidan 

  

(Sharqiy Afrika) 1960 yili L. Lika tomonidan topilgan   ikkita   to-



pilma   alohida  diqqatga sazovordir. 

Shu topilmalarning   biri zinjantrop,    ikkinchisi prezinjan-

trop deb ataladi. Ana shu formalarning skelet qoldiqlari bilan birga 

mayda tosh qurollarining bir xil namunalari ham to pilgan edi. Bu-

lar suv silliqlagan keskir qirrali mayda tosh bo‘lib, ustiga qoplama 

qilinganligi ma’lum bo‘lib turibdi. Bu topilmalarning yoshi 1,5 

mln. yildan katta deb belgilandi. Zinjantropni  juda  oddiy   qurol-

lar yasay oladigan, ammo olovdan foydalanishni hali bilmaydigan 

eng qadimgi odamlar jumlasiga kiritish kerak deb taxmin qilin-

di. Biroq ko‘pchilik antropologlar zinjantropdek yuksak darajada  

85

tuzil gan avstralopiteklar ham qurol yasay olishini isbot etadigan 



yetarli dalillar yo‘q, demak ularni eng qadimgi odamlar jum lasiga 

kiritish uchun asos yo‘q deb hisoblaydilar. Eng qadimgi odamlar-

dan pitekantrop, sinantroplardan ancha ilgari taxminan 2,4 million 

yil muqaddam yashagan. 




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling