Anatomiya yangi indd
X bob. ANTROPOLOGIYA – ODAMNING KELIB
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5269219982159382883
X bob. ANTROPOLOGIYA – ODAMNING KELIB
CHIQISHI Odamning kelib chiqishi to‘g‘risidagi masalani isbotlash – bi- ologiya fani oldida turgan eng asosiy muammolardan biridir. Bu muammo juda qadim zamonlardan beri insoniyat diqqatini o‘ziga jalb etib keladi. Ko‘p asrlar dan beri bu muammo sirli bo‘lib kel- moqda. Odamning kelib chiqishi to‘g‘risida juda ko‘plab diniy va ilmiy qarashlar mavjud. Biroq, odam tanasining anatomiyasi bilan birinchi bor tanishuvning o‘zi ham tabiat tadqiqotchilarini odam bilan yuqori darajada tuzilgan umurtqali hayvonlarning tuzilishi bir-biriga o‘xshashligini ta’kidlashadi. Odamning tarixiy rivojlanishi to‘g‘risidagi yangi tushunchani tasdiqlagan birinchi tabiatshunos J. B. Lamark bo‘lib, u odam da- raxtlarda o‘rmalab yurishdan yerda yurishga o‘tgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan degan nazariyani taklif etdi. Lamark fikriga ko‘ra, tik holda yurish tananing to‘g‘rilanishiga va oyoq panjasining o‘zgarishiga olib kelgan. To‘da-to‘da bo‘lib hayot ke- chirish esa, nutq paydo bo‘lishiga yo‘l ochgan. CH. Darvin 1871-yilda «Odamning kelib chiqishi va jinsiy tan lanish» degan asarini nashr ettirdi. Bu asarning asosiy g‘oyasi odam, hayvonot olamining tarixiy taraqqiyotining natijasi, degan fikrdir. Darvin solishtirma anatomiya va embriologiya, shuning- dek juda kamyob bo‘lsada, paleontologik topilmalarning natijalar- iga asoslanib, odamning hozir yashab turgan odamsimon may- munlarga yaqin ekanligini ishonarli qilib isbotlab berdi. Shu bilan bir vaqtda u, zamonaviy maymunning birontasi ham odamning ajdodi deb hisoblanishi mumkin emas, degan va mohiyat e’tibori bilan muhim bo‘lgan qoidani oldinga surdi. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling