Eshitish organi gigiyenasi. Nog‘ora parda shikastlansa quloq
og‘irlashadi, chunki tovush to‘lqinlari eshitish retseptorlariga
o‘tmay qoladi. Quloqni har xil qattiq narsalar bilan kovlashning
naqadar havfli ekanligini shundan bilsa bo‘ladi. Tovushning kuchli
to‘lqinlari nog‘ora pardaga katta bosim ko‘rsatadi. Agar bunday
bosim pardaga doimo ta’sir etib tursa, parda elastikligini yo‘qotadi.
Bu esa quloqning og‘irlashishiga sabab bo‘ladi.
Hid bilish analizatori. Hid bilish analizatorining peri ferik uchi
burun bo‘shlig‘ining yuqorigi qismida bo‘ladi. Bu yerdagi shil-
liq pardada retseptorlar - hid bilish hujayralari bor. Hid bilish
hujayralarining tarkibida oval tanacha bilan ikkita uzun o‘simta
bo‘ladi. O‘simtalarning biri kimyoviy ta’sirlarni qabul qiladi, ik-
kinchisi hid bilish nervi tolasini hosil qiladi. Nerv qo‘zg‘alishni
bosh miya po‘stlog‘ining hid bilish zonasiga o‘tkazadi, hid bilish
zonasida ta’sirning kuchi tahlil qilinadi. Hid bilish retseptorlarini
hidli moddalarning zarrachalari ta’sirlaydi, bu zarrachalar nafas
olinadigan havoda bo‘ladi. Narsalarning hidiga qarab bir-biridan
farq qilish burun bo‘shlig‘ida boshlanadi, chunki har xil hidlar turli
hid bilish hujayralarini ta’sirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |