Anatomiya yangi indd


ODAM BILAN HAYVONLARNING TUZILISHIDAGI


Download 1.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/80
Sana08.01.2022
Hajmi1.57 Mb.
#247811
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
Bog'liq
2 5269219982159382883

ODAM BILAN HAYVONLARNING TUZILISHIDAGI 

UMUMIY BELGILAR

Odamning embrional rivojlanishi jarayonida xorda, jabra yor-

iqlari, nerv naychasining bo‘lishi, tana tuzilishidagi ikki tomon-



80

lama simmetriyalilik odam xordalilar tipiga mansubligidan dalo-

lat beradi. Umurtqa pog‘onasining rivojlanishi umurtqalilar kenja 

tipiga mansubligini bildiradi. Issiqqonlilik, sut bezlarining rivojlan-

ganligi, tanasining jun bilan qoplanganligi sut emizuvchilar sin-

figa kirishining isbotidir. Xomilaning ona qornida rivojlanishi va 

yo‘ldosh orqali oziqlanishi  yo‘ldoshlilar kenja sinfiga kirishining 

belgisidir. Odamning juda ko‘p belgilari uni primatlar turkumiga 

mansubligini ko‘rsatadi. Biologik nuqtai nazardan olganda odam 

sut emizuvchilar sinfining bir turi bo‘lib, primatlar turkumi, torbu-

runlilar kenja turkumiga mansub aqlli odam(Homo sapiens) turidir. 

Odam skeleti boshqa umurtqali hayvonlarning, ayniqsa sut emizuv -

chilarning skeleti bilan solishtirib ko‘rilsa, ular tuzilishida, ya’ni 

bosh, tana, oyoq skeletlaridagi o‘xshashlik ko‘zga yaqqol tashlana-

di.  Odam ona qornida rivojlanishi, diafragma, sut bezlari, uch xil 

kurak, qoziq, oziq tishlar, tashqi quloqning mavjudligi jihatidan sut 

emizuvchilarga o‘xshaydi, hamma organlar tizimi o‘xshash. Ham-

ma umurtqali hayvonlardan odam o‘z tuzilishi jihatidan primatlar 

turkumining vakillariga hammadan ko‘ra ko‘proq o‘xshaydi. Hozir 

faqat maymunlar bilan odam shu turkumga kiritiladi. Primatlar sut 

emizuvchilarning hammadan yuksak darajada tuzilgan turkumi-

dir.  Ular, avvalo,  bosh  miyasining yaxshi  rivojlanganligi bilan 

ajralib turadi. Bosh miyasida bir talay burmalar bo‘ladigan oldingi 

miya yarim sharlari, ayniqsa  rivojlangan. Ko‘z kosalari oldinga 

yo‘nalgan bo‘lib, chakka chuqurchalaridan  ajralib   turadi.   Pan-

jalari   changallovchi   tipda: qo‘l-oyog‘idagi   oldingi   barmog‘i   

boshqa   barmoqlarga   nisbatan qarama-qarshi   joylashgan. Odam 

jami asosiy belgilariga qarab pri matlar turkumiga kiritiladi. Bu tur-

kum ikki kenja turkumga: 1)  keng  burunli  maymunlar va  2)  tor 

burunli maymunlarga bo‘linadi. 




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling