Enterobioz


Download 45.65 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi45.65 Kb.
#1646923
  1   2
Bog'liq
Enterobioz


Enterobioz (entero... va yun. — hayot) — ostritsalar qoʻzgʻatadigan gijja kasalligi. Ular odam ichagida parazitlik qiladi. Urgʻochi gijjalar vaqtvaqti bilan orqa chiqaruv teshigidan oʻrmalab chiqib (koʻpincha kechasi) shu teshik atrofidagi teri burmalariga tuxum qoʻyadi. Tuxumlar 4—6 soat davomida lichinkalarga aylanadi. Bu davrda orqa chiqaruv teshiga sohasi qattiq qichishadi; qashinish davomida bemor parazit tuxumini qoʻliga ilashtiradi, tuxum oʻrinkoʻrpaga, kiyimkechakka ham tushadi; oʻrinkoʻrpa yigʻilganda esa tuxum baʼzan havoga oʻtadi, oʻyinchoqlarga, roʻzgʻor buyumlariga, suv, oziq-ovqatlarga, ogʻiz va burun shilliq pardalariga oʻtirib qoladi. Parazitning organizmda (ichakda) yashash davri 3—4 hafta. Shunday qilib, odamning ostritsa bilan zararlanishi doimiy ravishda davom etadi. Ostritsalar ichak devorining shilliq qavatiga boshi bilan yopishib olib, oʻsha joyda qon sizib turadigan mayda yuza yaralar hosil boʻlishiga olib keladi. Ostritsalarning yashash davomida ajratgan mahsuloti taʼsirida va unga bakterial infeksiya qoʻshilishi oqibatida ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi, teri qattiq qichishishi bilan kechadigan allergik holat (qarang Allergiya), shuningdek, bemor qichinaverishi natijasida uzoq vaqt bitmaydigan, jzemaga oʻxshash yara hosil boʻlishi, atrofi qizarib yalligʻlanishi mumkin. Bemor uyqusizlikdan qiynaladi, ishtahasi yoʻqoladi, boshi, qorni ogʻriydi, ichi ketib, kuchaniq keladi, asabi, ruhiyati buziladi. E. bilan kasallangan bolalarda uyqusizlik, bosh ogʻrishi, tez toliqish, ishtaha pasayishi, uyquda tish gʻijirlatish, kechasi siyib qoʻyish, burun qichishishi va boshqalar qolatlar kuzatiladi. E. boʻlgan qizlarda ostritsalar jinsiy aʼzolarga oʻrmalab chiqishi va qattiq qichishtirishi oqibatida onanizm kelib chiqadi.

Gelmintozlar (yun. helmins, helminthos — gijja, qurt) — odam, hayvon va oʻsimliklarda parazit chuvalchanglar — gelshintlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Odamda gijjalarning 150 dan ortiq turi uchraydi. Yashash sharoitlari: iqlim, tuproqning holati, dehqonchilik xususiyatlari va aholining gigiyenik koʻnikmalari darajasiga qarab turli mintaqalarda turli xil gijjalar uchraydi. Asosan gijjalarning 4 sinfi: nematodalar, sestodalar, trematodalar va akantotsefallar parazitlik qiladi. Shunga koʻra tekshirish chogida topilgan gijjaning sinfiga karab nematodoz, sestodoz, trematodoz, akantotsefalez kabi guruhlarga ajratiladi; har bir guruhga bir necha turdagi gijjalar kiradi. Mas, enterobioz, askaridoz nematodoz guruhiga, hoʻkiz solityori, choʻchqa solityori, keng tasmali gijjalar sestodozlar guruhiga mansub. Odam gijjalarning oraliq yoki mutlaq xoʻjayini boʻlishi mumkin. G. kechishida oʻtkir va surunkali davr farq qilinadi. Olimlar orasida odamda gelmintlarning boʻlishi maʼlum jihatdan uning qrn guruhiga ham boglik, degan fikrlar mavjud. Oʻzbekistonda G.dan enterobioz, gimenolepidoz va askaridoz koʻproq uchraydi. Gelmintlar odamning nafas olishi, ovqat hazm qilishi, muskul sistemasi, jigar, taloq, qon, miya, koʻz va b. aʼzolarida parazitlik qiladi. Gijjalarning xili, soni va qaysi aʼzoda boʻlishiga qarab kasallik har xil kechadi. G.da odamning vazni hamisha kamayadi, u lanj, injiq boʻlib qoladi, boshi aylanadi va h. k. Gijja ichakda boʻlsa, ich qotadi yoki ich ketadi, koʻngil ayniydi, baʼzan bemor qayt qiladi, jigarda boʻlsa, koʻz oqi va badan sargʻayadi, oʻpkada boʻlsa, yoʻtal tutadi. G.da koʻpincha mehnat qobiliyati pasayadi, bola yaxshi oʻsmaydi, xotirasi susayadi va h. k. Gijjalarning lichinkalari yoki tuxumlari topilishiga qarab tashhis qoʻyiladi. Serologik reaksiyalar (immun fluoressentlash, bevosita gemag-glyutinatsiya reaksiyalari va h. k.)dan foydalanish G.ni erta aniqpash va vaqtida tashhis qoʻyish imkonini beradi.
G.ning oddini olish uchun aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borish, pokizalikka rioya qilish muhim. Ayniqsa, yasli-bogʻchaga qatnaydigan bolalarning har biriga alohida tuvak boʻlishi va qoʻllarini bot-bot sovunlab yuvib turishiga alohida eʼtibor berish lozim. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, chala pishirilgan ovqatni isteʼmol qilmaslik, koʻkat va mevalarni obdon yuvib ishlatish, xom goʻsht toʻgʻrashga ishlatiladigan taxtakachni pishganiga ishlatmaslik G.ning keskin kamayishiga olib keladi. Koʻkatlarni ishlatishdan I soat oldin 3%li osh tuzi eritmasiga solib qoʻyib, keyin yaxshilab chayib tashlansa, gijja tuxumlari butkul yoʻqoladi. Gijjalarning turiga qarab G.ning davosi har xil. Bemorni davolashda yaxshi naf beradigan dorilar mavjud. Ularni faqat vrach bilan maslahatlashib qoʻllash lozim.
Hayvonlarning G.ni yuqtirish yoʻllari turlicha. Gelmint tuxumlari yoki lichinkalari boʻlgan yem-xashak va suvni isteʼmol qilish orqali yoki gelmint lichinkasi teri orqali organizmga kirib oladi. G. koʻpincha kasal hayvondan uning qornidagi bolasiga yuqadi. Nematoda lichinkasi aksariyat oʻsimlik poyasiga yoki ildiziga bemalol kirib oladi. G. oqibatida hayvonlarning mahsuldorligi, oʻsimliklarning hosili kamayadi, hayvonlar oʻladi, oʻsimliklar nobud boʻladi. Bu oʻz navbatida xalq xoʻjaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Oʻzbekistonda trematodozlardan fassiolyoz, oriyentobilgarsioz, dikrotselioz; sestodozlardan moniyezioz, tizansezioz, avitellinoz, exinokokkoz, senuroz; nematodozlardan askaridoz va askaridioz, paraskaridoz, oksiuroz, gemonxoz, nematodiroz, xabertioz, diktiokaulez, protostrongilidezlar q. x. va uy hayvonlarida koʻp uchraydi.
G.ga qarshi kurashishda goʻsht va b. mahsulotlarni veterinariya-sanitariya nazoratidan oʻtkazish, tirik lichinkalar topilgan taqdirda isteʼmolga yaroksiz deb topish, aholi yashaydigan joylar tozaligi, goʻngdan oʻgʻit sifatida foydalanish ishlari ustidan qatiy nazorat oʻtkazish va b. maxsus choralar koʻrish zarur.
Gijjalar — bu bir qator parazit chuvalchanglar bo’lib, hayvon va o’simliklar hisobiga yashaydi, ularning ichida rivojlanadi va ko’payadi. Insonlar ham bundan istisno emas. Faqat bizning mamlakatimiz hududida parazitlarning 60 dan ortiq turli mavjud. Statistikaga ko’ra, yer sayyorasining har uchinchi insoni qurt-parazitlar tomonidan zararlangan. Taxmin qilinishicha, dunyoda hayoti davomida biron marta gijjasi bo’lmagan kishi yo’q, har bir kishi hech bo’lmaganda bir marta zararlanadi.
Фото: Kateryna Kon/Shutterstock.com
Ota-onalar farzandlari sog’lig’iga qanchalik e’tibor qaratishmasin, qo’llari tozaligini qancha nazorat qilishmasin, ularni gijjalardan (ostritsalardan) himoya qilish deyarli imkonsiz. Bolalar tashqi muhitni o’rganishadi, tabiat ularda qiziqish uyg’otadi. Ular hamma narsaga teginib, uni tatib ko’rishni istaydilar. Baliq va yovvoyi hayvonlar va qushlarning go’shtini yeydiganlar, xonaki sut ichidaginalarda 
Download 45.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling