Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet3/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Teri osti yog‘ to‘qimasi – miqdori, qavatlarga bo‘linishi, qalinligi va unda o’tgan qon tomirlar hamda nervlar o‘rganib chiqiladi.
Yuzaki fastsiya – zichligi, tuzilish xususiyatlari, teriga yoki ostidagi to‘qimalarga munosabati, ikkinchi varag‘ining bor yoki yo‘qligi ham aniqlanadi.
Xususiy fastsiyaqalinligi, tuzilishi, mushaklararo to‘siqlar hosil bo‘lishidagi o‘rni, ularning g‘ilofli og‘riqsizlantirishdagi ahamiyati va boshqalar aniqlanadi.
Mushaklar – guruhlarga bo‘linishi, joylashish tartibi, boshlanish va birikish nuqtalari, o‘zaro topografik munosabatlari, mushaklararo bo‘shliqlarining hosil bo‘lishi, egatlar, kanallar va uchburchaklarning hosil bo‘lishida mushaklarning ahamiyatiga ham e'tibor beriladi.
Qon tomirlar (arteriya va venalar) – katta qon tomirlarning topografiyasi, ularning tarmoqlari, anastomozlari, kollateral va yonlanma qon aylanishlarining hosil bo‘lishi va ularning o‘zaro munosabatlari ham ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, “kava - kaval” va “porto - kaval” anastomozlar, ularning amaliy ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi.
Limfa oqimi – limfa yo‘llarining asosiy yo‘nalishlari, borib quyiladigan limfa tugunlari, ularning joylashishi, regionar holati, yiringli infeksiyani tarqatishdagi roli va boshqalar e'tiborga olinadi.
Nerv – nervlarning topografiyasi, tolalari, bog‘lanishlari, segmentar holati, atroflaridan o’tadigan qon tomirlar bilan o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi.
Suyak va suyak usti pardasi – suyaklarning odam tanasi uchun tayanch va harakat xizmatini o’tashdagi ahamiyati, ichki a'zolarning tashqi tasvirini aniqlashda ulardagi belgilardan (do‘mboq, o‘siq va h.k.) foydalanish, yumshoq to‘qimalar bilan o‘zaro munosabati va boshqalarga e'tibor beriladi.
Bo‘g‘imlar – ularning hosil bo‘lishi, tuzilish xususiyatlari, ularni o‘rab turgan to‘qimalar bilan o‘zaro munosabati, bo‘g‘im bo‘shliqlari, ulardagi burmalar, bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi potologik (kasallik) suyuqliklar (qon, yiring, zardob va h.k.) ning yig‘ilishi, ularning punksiyasi va boshqa holatlari o‘rganiladi.
Sohalarning topografik anatomiyasini shu taxlitda ketma - ket o‘rganish natijasida talaba to‘qimalarning topografik anatomiyasi va ularning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Binobarin, bu usul talabada kishi tanasida o’tkaziladigan har xil operatsiya yoki kesmalarda shu soha qavatlarining aniq topografiyasini oldindan ko‘ra bilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Bularni bilmaslik o’tkazilayotgan operatsiyaning muvaffaqiyatli chiqishini ta'minlay olmaydi. Chunki jarroh operatsiya qilinadigan joyga yoki a'zolarga уetguncha, ko‘pgina qavatlardan o’tadi.
Odatda qilinadigan operatsiyalar ko‘pincha bitta a'zoda o’tkazilishini e'tiborga olib, kishi tanasidagi a'zolar topografik anatomiyasini o‘qitishda an'anaviy usullardan biri – har bir a'zoni alohida – alohida o‘rganish usuli qabul qilingan. Biz ham ushbu usulga amal qilib, a'zolar topografiyasini quyidagi tartibda yoritishni ma'qul ko‘rdik:

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling