Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bachadon nayi (tuba uterina).
- Qin (vagina).
Tuxumdon (ovarium). Tuxumdon ayollar tanosil a`zolariga kirib, jinsiy hujayra (tuxumlarini) ishlab chiqaradi. U bir juft bo’lib, bachadon naylarining tagida ko’ndalangiga joylashadi. Uning tepaga va pastga qaragan ikkita uchi, ichkariga va tashqariga qaragan ikkita yuzasi (facies medialis et lateralis) va orqaga qaragan ikki qirg’og’i tafovut qilinadi. Pastki qismi bachadonga qaragan bo’lib, u bilan bachadon keng boylamidan hosil bo’lgan xususiy (lig. ovarii proprium) boylami orqali birikib turadi. Yuqori uchi tashqariga qarab, bachadon nayi uchiga chanoq - gajim boylami (lig. infundibulo pelvicum) vositasida birikkan bo’ladi.
Tuxumdon umumiy yonbosh arteriyasining ichki va tashqi yonbosh arteriyalariga bo’linadigan yerida joylashadi. Uning yotgan joyi kichik chanoqda kiradigan joydan bir oz pastda, chanoq devoridagi tuxumdon chuqurchasi (fossa ovarica) da bo’ladi. Bachadon nayi (tuba uterina). Bachadon nayi tuxumdon tuxumini bachadonga olib keluvchi yo’l vazifasini bajaradi. U bachadonning yuqori burchagidan boshlanib, uning keng boylami varaqlarining ichida, yuqori qismi bo’ylab chanoq yon devorlariga qarab yo’naladi. Bu yerda bachadon nayining teshigi bo’lib, bu teshik to’g’ridan - to’g’ri qorin bo’shlig’iga ochiladi. Bachadon nayining uzunligi 13 - 15 sm kelib, uning to’rtta qismi farq qilinadi; 1) bachadon devori ichidagi qismi (pars interstitialis), eng kalta va tor qismi; 2) ko’ndalang holatda bo’lib, bachadondan tashqarida joylashgan qisilgan bo’yin oldi (pars isthmica) qismi; 3) eng uzun, kengayib borib, hajmi kattalashgan ampula qismi (pars ampullaris); 4) nayning voronkasimon kengaygan (tubae infundibulum) qismi. Uning bu uchidagi teshik (ostium abdominale tubae) orqali bachadon nayi qorin bo’shlig’iga ochiladi. Teshik atrofi shokildalar bilan o’ralib turadi. Bachadon keng boylami yuqori qismining bachadon nayi bilan tuxumdon tutqichi o’rtasidagi qismiga bachadon nayi boylami (mesosalpinx) deyiladi. Qin (vagina). Qin deb, bachadon bo’ynini tashqi tanosil a`zolari bilan qo’shib turgan kanalga aytilib, uning uzunligi 7 - 8 sm keladi. Qinning yuqori qismiga bachadon bo’yni ancha kirib turadi, pastki teshigi esa tashqi tanosil lablari orasiga ochiladi. Qin ozgina orqa tomonga egilgan bo’lib, uning orqa va oldingi qismlari (pars anterior et posterior) farq qilinadi. Bachadon bo’ynining oxirgi qismi qin ichiga chuqur kirgani uchun shu bo’yin atrofida gumbaz shaklidagi oldingi va orqa bo’shliqlar paydo bo’ladi. Bulardan orqa gumbaz (fornix vaginae posterior) chuqurroq bo’ladi, chunki qinning devori bachadon bo’yniga bu tomonda ancha yuqorida yopishadi, oldingi gumbaz (fornix vaginae anterior) esa yuzaroq bo’ladi. Pastga tushgan sari bu ikki gumbazning orasi uzayaveradi. Oldingi devorning ustki, ozroq qismi qovuq tubi qarshisida tursa, pastki, ko’p qismi - siydik chiqarish kanaliga qo’shni turadi. Qinning orqa gumbazi to’g’ ri ichak - bachadon chuqurligiga juda yaqin tegib turganligi sababli, bu chuqurni orqa gumbaz orqali punktsiya qilib, ichidagi suyuqlikni olish mumkin. Qinning oldingi devori qovuq - qin va siydik yo’li - qin to’siqlari orqali qovuqning pastki orqa devori va siydik chiqarish kanali bilan mustahkam birikkan bo’ladi. Chanoqning o’rta qavati bilan qinning o’rtasida siyrak yog’ to’qimasi ularni bir - biridan ajratib turadi. Qin bilan to’g’ri ichak o’rtasi oraliq mushaklari bilan to’lib turadi. Qin devorlarining ichi shilliq qavatdan (tunica mucosa), mushak qavatdan (tunica muscularis) va tashqi zich fibroz parda (tunica adventitia) dan iborat. Ichki shilliq qavati juda ko’p ko’ndalang burmalar (rudae vaginales) ni hosil qiladi. Mushak qavati ko’ndalangiga va bo’ylama joylashgan bo’lib bir - biri bilan betartib chatishib ketgan tolalardan tuzilgan. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling