Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet119/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Ayollar oralig’i ham erkaklarnikiga o’xshab siydik - tanosil va orqa chiqaruv teshigi sohalariga bo’linadi. Orqa chiqaruv sohasining topografik anatomiyasi erkaklarnikidan farq qilmaydi. Siydik -tanosil sohasidagi farq shundan iboratki, ayollarning bu sohasidan siydik chiqarish kanalidan tashqari yana qin ham o’tadi. Siydik - tanosil uchburchagi ham ayollarda ancha keng, lekin uning chegarasi erkaklarnikiga o’xshashdir.
Bu soha oraliq tomondan tashqi tanosil a`zolari hamda fastsiya va mushaklar bilan yopilgan bo’lib, mushaklari tanosil yorig’idan chetda uchburchaksimon bo’lib joylashadi. Bunda uchburchakning tashqi tomonini klitor g’ovak tanasi yopib, g’ovak tana - quymich mushagi orqasida oraliqning yuzaki ko’ndalang mushagi (m. transversus perinei superficial) joylashadi (57-rasm).
Qin daxlizidan ikki yon tomondan piyoz - g’ovak tana mushagi (m. bulbospongiosus) bilan yopilib, daxliz piyozchasi (bulbus vestibuli) yotadi. Bu mushak o’z tolalari bilan qin teshigini, klitorni va siydik chiqarish kanalini xalqadek o’rab turadi. Daxliz piyozchasining orqasida bartolin bezlari joylashib, ularning chiqaruv teshiklari siydik - tanosil sinusi (sinus urogenitalis) ga ochiladi.
Tashqi chiqaruv teshigini qisuvchi tashki muskul (m. sphincter ani externus) ning tolalari erkaklarda erlik olatining o’zagiga borib tugasa, ayollarda bir - biri bilan kesishib, qarama - qarshi tomonga o’tadi va yuqoriga tomon davom etib, qinning kirish teshigini ikki tomondan o’raydi.
Tanosil sohasi (reg. pudendalis). Ayollarning tanosil sohasiga qov supachasi, katta va kichik uyatli lablar, qin daxlizi va klitor kiradi.
Qov supachasi (mons pubis) deganda qorin oldingi devorining pastki sohasida ikkala chov boylamlarining o’rtasidagi uchburchaksimon joyni tushunamiz. Soha jun bilan qoplanib, bir oz ko’tarilgan supachani eslatadi. Teri ostidagi yog’ to’qima qalin, yaxshi rivojlangan. Supachaning pastki qismi katta uyatli lablarga o’tib ketadi.
Katta uyatli lablar (labia majus pudendi). Katta uyatli lablar tanosil yorig’ini chegaralab turadi. Chov va qov sohalarini hamda ikkala sonning ichki soxalarini qoplagan teri - tanosil sohasiga kelganda ikkita tik yo’nalgan katta teri burmalarini hosil qiladi. Ana shu teri burmalariga katta uyatli lablar deyiladi. Terisi jun bilan qoplangan, ter hamda yog’ bezlariga boy. Teri ostidagi yog’ to’qima yumaloq - yumaloq bo’lib, ichida vena chigallari joylashadi. Uning ostidan oraliq qon tomir va nervlari o’tadi. Katta lablarning ustki va qov sohasida bachadonning yumaloq boylami tugaydi. Ikkala katta lablarning o’rtasi­da hosil bo’lgan yoriq - rima pudendi deb ataladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling