9-mavzu: Sudralib Yuruvchilar Sinfi-Reptilia


Download 0.62 Mb.
bet1/11
Sana17.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1279437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sudralib yuruvchilarga umumiy tavsif


Mavzu: Sudralib yuruvchilar tuzulishi va sistematikasi


REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM:
II.1. Sudralib yuruvchilar ichki va tashqi tuzulishi
II.2.Sudralib yuruvchilar ko’payishi va rivojlanishi
II.3.Sudralib yuruvchilar ekologiyasi
II.4.Kelib chiqishi
III. SISTEMATIKASI
III.1. Lepidozavrlar(lepidosauria)kenja sinfi
III.2. Arxoavrlar(archosauria) kenja sinfi
III.3.Anopsidalar(anopsida) kenja sinfi
IV.XULOSA
Sudralib yuruvchilar-yuqori tabaqali umurtqalilarning yoki aminotalarning birinchi tuban sinfidir. Gavdasida yaxshi ajralib turgan bo’yin bo’limi bor. Aksariyat ko’pchiligida yaxshi rivojlangan besh barmoqli oyoqlari bo’ladi. Terisi quruq bo’lib, epidermisi kuchli shoxlangan. Terisi shox tangachalar, qalqonchalar yoki pantsir bilan qoplangan. Skeleti to’liq suyakdan tashkil topgan. Bosh skeletining ensa qismida bitta ensa bo’rtmasi bor.
Tana umurtqalaridan qobirqalar chiqib, ularning oldingi uchlari bilan qorin tomonda qo’shiladi va ko’krak qafasini xosil qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan va ularning qopqoqida kulrang modda bo’ladi. Nafas olish organi bo’lib, umrbod o’pka xizmat qiladi va nafas olish akti ko’krak qafasining kengayishi xamda torayishi natijasida yuzaga keladi.





Kaltakesak terisining uzunasiga kesigi:
1—epidermis; 2—chin teri; 3— shox qatlam; 4— pigmеntli xujayralar; 5— te­ri suyaklari.


Yuraklari uch kamerali lekin ko’pchiligining yurak qorinchasi to’liq bo’lmagan parda bilan bo’lingan bo’ladi. Vena sinusi va arterial konuslari yo’q. Ajratish organi bo’lib chanoq buyragi metanefros xizmat qiladi. Uruqlanish ichki, taraqqiyoti metamorfossiz o’tadi. Yurak qorinchasida aralash qon bo’lganligi sababli sudralib yuruvchilarning gavda temperaturasi o’zgaruvchan bo’lib, tashqi muxit temperaturasiga bog’liq bo’ladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling