9-mavzu: Sudralib Yuruvchilar Sinfi-Reptilia
Sudralib yuruvchilarning tuzilishi chol agamasi-Agama sanginolenta misolida ko’rib chiqamiz
Download 0.62 Mb.
|
Sudralib yuruvchilarga umumiy tavsif
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umurtqa pog’onasi to’rtta bo’limga bo’linadi: bo’yin, ko’krak, bel dumqaza va dum. Umurtqalarning tanasi oldingi tomonda botiq, keyingi tomonida bo’rtib chiqqan (protsel) bo’ladi.
Sudralib yuruvchilarning tuzilishi chol agamasi-Agama sanginolenta misolida ko’rib chiqamiz.
Teri qoplaqichlari. Amfibiyalarning teri qoplaqichlaridan keskin farq qiladi va xavo muxitida yashashga moslashgan belgilarga ega. Epidermisining tashqi qavati shox tuzilmalar-tangacha va qalqonchalar bilan qoplangan. Bularning shakli, soni va joylashishi sudralib yuruvchilarni aniqlashda katta ro’l o’ynaydi. Kaltakesaklarning terisi tanaga yopishib turadi. Terida bezlar yo’q. Faqat kaltakesakrlarning sonlarini ichki tomonida qator joylashgan son teshikchalar bo’ladi. Bu teshikchalardan ko’payish vaqtida ipsimon moddalar eshilib chiqadi. Skeleti deyarli to’liq suyakdan tashkil topgan bo’lib, umurtqa pog’onasi skeletiga, bosh skeletiga, erkin oyoqlar skeletiga va ularning kamar skeletlariga bo’linadi. Umurtqa pog’onasi to’rtta bo’limga bo’linadi: bo’yin, ko’krak, bel dumqaza va dum. Umurtqalarning tanasi oldingi tomonda botiq, keyingi tomonida bo’rtib chiqqan (protsel) bo’ladi. Kaltakesaklarning bo’yin bo’limida 8 ta umurtqa bo’lib, ulardan birinchi 2ta umurtqasi xamma amniotalardagi singari o’ziga xos tuzilgan. Birinchi bo’yin umurtqasi atlas yoki atlant deb ataladi. Atlasi suyak xalqa shaklida bo’lib, yupqa pay bilan ustki va pastki qismiga bo’lib turadi. Ustki teshikdan orqa miya o’tsa, pastki teshikdan ikkinchi bo’yin umurtqasi - epistrofeyning tishsimon o’simtasi atrofida aylanadi. Kaltakesakning ko’krak-bel bo’limlari 22 ta umurtqadan iborat. Ularning xammasi qobirqalar bilan tutashadi. Kaltakesakning to’shi tog’aydan tuzilgan. Dumqaza bo’limi ikkita umurtqadan iborat bo’lib, bularning ko’ndalang o’simtalariga chanoq kamarining yonbosh suyaklari birikib turadi. Kaltakesakning bosh skeleti: 1— yuqoridan; 2—pastdan; 3—yon tomondan ko’rinishi:1-tеpa suyagi;2-pеshona suyagi;3-pеshona oldi suyagi;4-ko’z ustki suyagi;5-ko’z kеyingi suyagi;6-burun suyagi;7-ustki jag’ suyagi;8-jag’lararo suyak;9-dimoq suyagi;10-tanglay suyagi;11-xoanalar;12-qanotsimon suyak,qanotsimon suyakdagi tishchalar;13-kvadrat suyak;14-ko’ndalang suyaklar;15-pastki jag’ suyagi;16-ensa bo’rtmasi;17-asosiy ponasimon suyak;18-parasfеnoid qoldiqi;19-yonoq suyagi;20-yosh suyagi№21-pog’ona suyak;22-tangacha suyak;23-chakka ust suyagi;24-tish suyagi;25-birikuvchi suyak;26-burchak suyagi;27-burchak ustki suyagi;28-toj suyagi. Dum bo’limi bir qancha umurtqalardan tashkil topgan. Dum umurtqalari dumning uchiga borgan sari o’simtalarni yo’qotib, kalta-kalta suyakchalarga aylanadi. Dum umurtqalarning tanasi yupqa pay bilan oldingi va keyingi bo’limlarga ajralib turadi. Kaltakesaklar xaf tuqilganda (dumdan ushlanganda yoki dumi bosilganda) dumlarini shu joyidan uzib tashlab ketadi va qaytadan dum tikalanadi. Bosh skeleti qoplovchi suyaklarning ko’pligi bilan xarakterlanadi va suyaklar bosh skeletining yoni, tagi va ustini tashkil qiladi. Ensa teshigi atrofida to’rtta ensa suyak, ikkita yon, bitta ustki va bitta asosiy ensa bo’rtmasi bor. Asosiy ensa suyagiga oldingi tomondan asosiy ponasimon suyak qo’shilib turadi. Bu suyak xamma aminotalardagi singari miya qutisining tagini, asosini tashkil qiladi. Parasfenoid suyagi esa rudiment-qoldiq xolda bo’ladi. Eshitish organi atrofida faqat bitta oldingi quloq suyagi bor. Miya qutisining ustidan tepa, peshona va burun suyaklari, yon tomonidan jag’aro, ustki jag’, manglay oldi, yosh, ko’z usti, ko’z orqa suyagi, tangacha, chakka, yonoq suyaklari qoplab turadi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling