Kaltakesakning oldingi oyoqlari va bel kamari:
1— O’mrovi; 2— shona usti tog’ayi; 3—
shonasi; 4— korakoid; 5— qovurg’asi;
6— to’shi; 7— oldingi korakoid tog’ayi;
8— to’sh usti.
Tirik tuquvchi kaltakesakning chanoq suyagi;
1— quymich kosasi; 4- chanoq suyagi; 3-qov suyagi; 4-o’tirgich suyagi; 5—pay; 6-«deraza»si; 7—korakoid oldi suyagi; 8— tog’ay o’simtasi; 9— oldingi tog’ay o’simtasi.
Timsoxning ikkilamchi tanglayi: -
1— jag’lararo suyagi; 2— yuqorigi jag’ suyagi; 3— tanglay suyagi; 4— qanotsimon suyak 5— xoanalar.
Tanglay kvadrat tog’ayining elementlaridan kvadrat suyagi xosil bo’ladi. qoplovchi suyaklardan tanglay, qanotsimon pog’onasimon suyaklar va sudralib yuruvchilarga xarakterli bo’lgan ko’ndalang suyaklar bo’ladi. Pastki jag’ tishsimon burchak va qo’shilish suyaklaridan tashkil topadi.
Erkin oyoqlar skeleti va ularning kamar skeleti amfibiyalarning shu skeletlaridan unchalik printsipial farq qilmaydi, faqat tish suyagining ustida tish usti suyagi bo’ladi.
Muskul sistemasi. Muskul sistemasi yaxshi takomillashgan bo’lib, muskullarning metamer joylashishi yo’qolib ketadi. Xamma amniotalardagi singari qobirqalararo muskul yuzaga keladi va bu muskul nafas olish mexanizmida katta rol o’ynaydi.
Nerv sistemasi va sezuv organlari amfibiyalarga nisbatan yaxshi rivojlangan. Oldingi miya yarim sharlari nisbatan katta va qopqoqida kul rang modda bor.
Oraliq miya ustki tomonidan ko’rinmaydi. Kaltakesakda yaxshi rivojlangan va tuzilishi jixatidan ko’zga o’xshagan tepa organi bo’ladi. Bu organ yoruqlikni sezadi. Miyacha kuchli rivojlangan.
Xid bilish organi o’rta qismida xidlov organi bo’limlariga bo’linganligi xarakterlidir.
Eshituv organi ichki va o’rta quloqdan iborat. Ko’zlarida xarakatchan qovoqlar bo’ladi. Ko’zning oldingi burchagida o’rta qovoq xam bor.
Ovqat xazm qilish organlari. Kaltakesaklarning ovqat xazm qilish yo’li og’iz bo’shliqidan boshlanadi. Og’iz bo’shliqining tagida xarakatchan muskulli til joylashadi. Og’iz bo’shliqi nisbatan uzungina qizilo’ngachga va oshqozonga ochiladi. Oshqozondan boshlangan ichak ingichka va yo’qon ichaklarga bo’linadi. Bularning chegarasida qo’richak kurtagi bor. Jigarning ut suyuqligi va oshqozon osti bezlarining chiqarish yo’llari ingichka ichak bo’shliqiga ochiladi.
Nafas olish organlari. Nafas olish yo’llari ko’proq takomillashganligi bilan amfibiyalarning nafas olish yo’llaridan farq qiladi. Xiqildoq teshigi traxeyaga ochiladi. Traxeya talaygina tog’ay xalqalaridan iborat bo’lib, oxirida ikkita bronxga bo’linadi. Bronxlar xaltasimon o’pkalarga kiradi. Nafas olish akti ko’krak qafasining kengayishi va torayishi yo’li bilan sodir bo’ladi, bu qovurg’alarning xarakati tufayli yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |