9-mavzu: Sudralib Yuruvchilar Sinfi-Reptilia


Tangachalilar turkumi-Squamata


Download 0.62 Mb.
bet6/11
Sana17.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1279437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sudralib yuruvchilarga umumiy tavsif

2.Tangachalilar turkumi-Squamata.
Tangachalilar xozirgi sudralib yuruvchilarning eng ko’p sonli gruppasidir. Bularning qar xil tangacha bilan qoplangan kvadrat suyagi miya qutisi skeleti bilan qarakatchan qo’shiladi. Tuxumlarida oqsil bo’lmaydi va peregamentsimon parda bilan qoplangan. Tangachalilar turkumi uchta kenja turkumga bo’linadi.
Kaltakesaklar kenja turkumi-Lacertilia.
Bularnng tashqi ko’rinishi xilma-xildir. Ko’pchilik tangachalilarning oyoqlari bo’lsa, ularning ichida oyoqsizlari qam bor. Lekin oyoqsiz kaltakesaklarda ilonlardagiga qarshi o’laroq to’sh suyagi, oyoq kamari, qarakatchan ko’z qovoqlari va noqora pardasi bo’ladi.



Kaltakesakning qar xil turlari: 1-cho’l gеkkoni; 2-cho’l agamasi; 3-qizilquloq; 4-plashchli kaltakеsak; 5-tеz kaltakеsak; 6-yuurdak kaltakеsak; 7-echkеmar; 8-sariqilon.

Kaltakesaklarning ko’pchiligi
Rossiyaning janubiy rayonlarida yashasa, tirik tuquvchi kaltakesak bilan tez kaltakesak o’rta va shimoliy mintaqalarda tarqalgan. O’rta Osiyo cho’llarida qar xil to’garak boshlilar, kechasi aktiv qayot kechiradigan gekkonlar, kulrang echkеmar, agamalar va boshqalar yashaydi.
Ilonlar kenja turkumi- Ophidia yoki Serpentis
Gavdasi qar xil silindr shaklida bo’lib, deyarlik qismlarga bo’linmagan. Oyoqlari yo’q. qovoqlari o’zaro qo’shilib ketib, yupqa parda qosil qiladi. Noqora pardasi yo’q. O’pkasi toq, buyraklari lentasimon cho’ziq. Jag’ apparatining suyaklari (tanglay, qonotsimon va tangachasimon) o’zaro qarakatchan qo’shiladi. Shu sababli ilonlar o’z o’ljalarini butunlay yutadi. Bo’qma ilonlar o’ljasini gavdasi bilan o’rab olib bo’qadi. Zaxarli ilonlar esa o’ljasini zaxari bilan o’ldiradi. Zaxarli ilonlar ustki jag’ining ikkita tishi kattaligi bilan boshqa tishlaridan farq qilib turadi va yuqori jag’ suyalariga o’rnashgan bo’ladi. Zaxarli tishlar jag’ ochilganda ustki jag’ga vertikal, yopilganda esa uni uchi orqa tomonga qaratiladi. qora ilonlarning zaxar tishlarining pastki yuzasida nov bo’ladi. Zaxar shu nov va kanallardan ilon chaqqanda oqib chiqadi. Zaxar maxsus ustki jag’ bezlari tomonidan ishlab chiqiladi. Odam uchun ko’z oynakli, qora chinqiroq ilonlarning chaqishi juda xavflidir. Bu ilonlar Respublikamizning cho’l va toq rayonlarida tarqalgan. Rossiya qizil kitobiga 19 tur kaltakesak va 16 tur ilonlar kiritilgan. Bular qrim gekkoni, turkman gekkoni, xantov to’garak boshi, bo’z echkiemar, turk kaltakesagi, Zakavkaziya chipor iloni, O’rta Osiyo ko’z oynakli iloni, kichik Osiyo iloni va boshqalar kiradi.

Xameleonlar kenja turkumi-Chameleontes. Bular daraxtda yashashga moslashgan sudralib yuruvchilardir. Panjalari ombir shaklida, dumlari uzun va ilmoqli gavdasi yon tomonidan qisilgan. Ko’zlari katta-katta va qarakatchan. Bir-biriga bog’liq bo’lmagan xolda o’ljasini qasharotlarni axtaradi. Xameleon tashqi muxitga qarab rangini o’zgartira oladi. Xameleonlarning kattaligi 3-5 sm, dan 50-60 sm, gacha bo’ladi. Bular Madagaskar orolida, Afrikada, Tropik Osiyoda va Ispaniyada yashaydi.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling