9-mavzu: Sudralib Yuruvchilar Sinfi-Reptilia


Sudralib yuruvchilarda boshqa amniotalardagi singari teri orqali nafas olish bo’lmaydi


Download 0.62 Mb.
bet4/11
Sana17.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1279437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sudralib yuruvchilarga umumiy tavsif

Sudralib yuruvchilarda boshqa amniotalardagi singari teri orqali nafas olish bo’lmaydi.
qon aylanish organlari. Yuragi uch kamerali yurak qorinchasi o’rtasidan parda bilan ikki qismga bo’linadi. Lekin parda bo’lma va qorincha orasidagi to’siqqa еtib bormaydi.
Arterial sistemasida o’zgarishlar yuz beradi. Avvalo yurak qorinchasidan mustaqil xolda uchta qon tomir chiqadi. Yurak qorinchasining chap qismidan o’ng aorta yoyi chiqadi. O’ng aorta yoyidan uyqu va o’mrov osti arteriyalari chiqadi. Yurak qorinchasining o’rta qismidan chap aorta yoyi chiqib, yurakning pastida o’ng aorta yoyi bilan qo’shiladi va orqa aortani xosil qiladi. Nixoyat, yurak qorinchasining o’ng qismidan o’pka arteriyasi chiqadi va venoz qonni o’pkalarga olib boradi.
Gavdaning keyingi qismidan venoz qon dum, chanoq va son venalariga yiqiladi. Bularning bir qismi buyraklarga kirib, buyrak sitemasini xosil qiladi. qolgan venoz qon qorin venasiga yiqiladi, jigarda jigar qopqa venasini xosil qiladi. Jigardan venoz qon keyingi kovak venaga quyiladi. Keyingi kovak vena o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
Gavdaning bosh qismidan venoz qon juft bo’yinturuq venaga yig’iladi va oldingi oyoqlardan o’mrov osti venalariga to’planadi. Bular qo’shilib, juft oldingi kovak venani xosil qiladi. Oldingi kovak venalar xam o’ng yurak bo’lmasiga quyiladi.
Ajratish organi bo’lib juft chanoq buyragi-metanefros xizmat qiladi. Chanoq buyraklaridan bir juft siydik yo’llari chiqadi. Siydik yo’llari orqa tomonidan kloaqaga ochiladi. qorin tomondan kloaqaga siydik pufagi ochiladi.
Ko’payish organlari. Jinsiy bezlari tana bo’shliqiga umurtqa pog’onasining yon tomonidan joylashadi.
Erkaklarning ko’payish organi oval tangacha shaklida bo’ladigan juft uruqdonlardan iborat. Uruqdonlardan kanalchalar chiqib: uruqdon xosil qiladi. Bu urug’ yo’liga aylanadi. Kaltakesaklarning kloakasining orqa devori bo’rtib, kopulyativ organ xosil qiladi.




Kaltakesakda qon aylanishning sxemasi:
1—bosh venasi; 2— uyqu arteriyasi; 3—buyin-turuq venasi; 4— uyqu oqimi; 5— aortaning chap yoyi; 5 — aortaning o’ng yoyi; 6— o’pka ar­teriyasi; 7— o’pkasi; 8— orqa aortasi; 9— Umurtqalararo arteriyasi; 10— jigari; 11— ichak arteriyasi; 12—jigar qopqa venasi; 13—ingichka ichagi; 14— pastki kovak venasi; 15— qorin venasi; 16— ichak tutqich arteriyasi; 17— tashqi ichak tutqich arteriyasi; 18— buyrak venasi; 19— chap chanoq venasi; 20— chap chanoq arteriyasi; 21— buyragi; 22— orqa oyoklar arteriyasi; 23— orqa oyoqlar venasi; 24— dum arteriyasi; 25— dum venasi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling