9-mavzu: Sudralib Yuruvchilar Sinfi-Reptilia


Mavsumiy (fasl) siklligi tropik o’lkalarda nomoyon bo’lmaydi. O’rta mintaqalarda temperaturaning pasayishi bilan sudralib yuruvchilarning xammasi uyquga ketadi


Download 0.62 Mb.
bet9/11
Sana17.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1279437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sudralib yuruvchilarga umumiy tavsif

Mavsumiy (fasl) siklligi tropik o’lkalarda nomoyon bo’lmaydi. O’rta mintaqalarda temperaturaning pasayishi bilan sudralib yuruvchilarning xammasi uyquga ketadi.
Ekologik gruppalari. Sudralib yuruvchilar yashash sharoitiga qarab, еrda, suvda, yеr tagida va daraxtlarda yashovchi ekologik gruppalarga bo’linadi.
Еrda yashovchi sudralib yuruvchilar cho’l zich o’tzor,o’rmon va botqoqlik muxitlarida yashaydi. Bu gruppaga sudralib yuruvchilarning aksariyat ko’pchiligi kiradi. Masalan; ilonlar kaltakesaklar, echkiemarlar, bazi toshbaqalar va boshqalar.
Bazi sudralib yuruvchilar suvda yashashga moslashgan. Masalan; dengiz toshbaqalari, yumshoq terili toshbaqalar, dengiz ilonlari va timsoxlar.
Sudralib yuruvchilarning kam sonli gruppasi еrni kovlab xayot kechiradi. Bularga ko’r ilonlar kiradi. Cho’l toshbaqalari, to’garakboshlar esa ma'lum vaqtlarini еr tagida o’tkazadi. Nixoyat bazi sudralib yuruvchilar,Masalan; xamеlionlar daraxtlarda yashashga moslashgan. Bazi kaltakesaklar, agamalar, ilonlar xam daraxtlarda yashaydilar. Oziqlanishi; sudralib yuruvchilar xar xil suvda yashovchi umurtqasiz va quruqlikda yashovchi xasharotlar xamda umurtqali xayvonlar bilan oziqlanadi. Faqat bazi turlari (cho’l toshbaqalari) o’simliklar bilan oziqlanadi.
Sudralib yuruvchilar odatda o’ljalarini butunlay yutadi. Faqat timsoxlar dengiz toshbaqalari bo’lak-bo’lak, uzib oladi. Zaxarsiz ilonlar o’ljalarini tiriklayin yutadi. Zaxarli ilonlar esa avval o’ljasini zaxarlab o’ldiradi, keyin butunlay yutadi.
Ko’payishi: sudralib yuruvchilar quruqlikda ko’payishga moslashgan: Xatto suvda yashovchi dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari va timsoqlar suvda yashasalar qam ko’payish uchun quruqlikka chiqadi.
Ko’pchilik sudralib yuruvchilar qattiq oxak po’st bilan qoplangan tuxum qo’yib ko’payadi. Tuxumlarini еrga, qumga, daraxtlar po’stloqlari ostiga qo’yadi. Tuxumlar Q15, Q30 S atrofida 2-3 oy davomida rivojlanadi. Sudralib yuruvchilar ichida tirik tuquvchi turlari qam bor. Oddiy xolda uruqlangan tuxum ona organizmining jinsiy yo’llarida to’xtab qoladi va zoradish rivojlanadi. Tirik tuqish xodisasi shimolga yaqinlashib borgan sari yoki toqqa ko’tarilgan sari ko’payib boradi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling