Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet12/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Yelka sohasi (regio brachii). Tashqi belgilari: deltasimon, ko‘krakning katta, orqaning keng, yelkaning ikki va uch boshli (m.m. deltoideu, pectoralis major, latissimus dorsi, biceps brachiis) mushaklari hamda yelka suyagining ichki va tashqi do‘mboqchalari sohasi. Ikki boshli mushakni ikki yon tomonlari bo‘ylab tashqi va ichki egatchalar, ularning orqasida esa uch boshli mushakning do‘mbog‘i bilinib turadi. Yelka arteriyasining pulsi ikki boshli mushakning ichki yuzasida yaxshi aniqlanadi va uni shu yelka suyagiga bosib, qon ketishini to‘xtatish mumkin.
Yelka sohasining chegaralari yuqoridan (shartli ravishda) katta ko‘krak va orqa keng mushaklarining pastki qirralarini yelka ustida o‘zaro birlashtiradigan chiziq, pastdan yelka suyagining ichki va tashqi g‘adir- budur tepachasidan, ikki barmoq eni yuqoridan o’tkazilgan aylanma chiziq. Shu g‘adir - budur tepachalardan tepaga qarab o’tkazilgan ikkita tik chiziqlar yelkani oldingi va orqa sohalarga bo‘ladi.
Yelkaning yuzaki fastsiyasi (fascia superficialis brachii) odatda yaxshi rivojlangan bo‘lib, uni hamma tomondan o‘rab o’tadi. Uning xususiy fastsiyasi (fascia brachii) bo‘lsa, yelka qon tomir va nerv tutamlariga hamda mushaklariga qin hosil qiladi. Bundan tashqari, bu fastsiyadan ikkita to‘siq (septum intermusculare lateralis et medialis) ajralib chiqib, yelka suyagiga borib yopishadi. Natijada bu to‘siqlar bilan xususiy fastsiya hamda suyaklar orasida ikkita mushak yotqichlari hosil bo‘ladi. (4-rasm). Oldingi mushak yotqichlari ichida yelkaning oldingi guruh mushaklari: m.m. biceps brachii, coracbrachialis va m. brachialis lar joylashadi. Orqa mushak yotqichida esa – m. triceps yotadi.
Yelkaning oldingi sohasi (regio brachii anterior). Asosiy qon tomirlar va nerv tutamlarining (a. brachialis va n. medianus) tashqi tasviri qo‘ltiq osti chuqurchasi kengligining oldingi o‘rta qismidagi nuqtadan, tirsak chuqurchasining o‘rtasiga o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi. Yelkaning pastki uchligida n. medianus arteriyadan 1 sm. ichkariroqda yotadi.
Sohaning terisi yupqa va harakatchan bo‘ladi. Yuzaki hamda xususiy fastsiyalarning orasida qo‘lning ikkita asosiy yuza venasi: bosh vena (v. cephalica) va asosiy vena (v. basilica) yotadi. Bosh vena v. cephalica ikki boshli mushakning lateral qirrasidagi sulcus bicipitalis lateralis bo‘ylab o’tib, deyarli butun yo‘lida xususiy fastsiyaning ustida yotadi. Faqat sulcus deltoidopectoralis ga borgach, shu fastsiyaning ostiga o’tadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling