Anatomiyadan amaliy


Download 0.82 Mb.
bet15/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Tirsakning orqa sohasi (regio cubiti posterior). Bu sohaning terisi qalin bo‘lsa - da, harakatchan. Tirsak do‘mboqchasi ro‘parasida teri ostida sinovial xalta (b. subcutanea olecrani) joylashadi. Xususiy fastsiyasi уelka suyagi do‘mboqchalariga va tirsak suyagining orqa tomoniga mustahkam birikkan bo‘ladi.
Yelka - bilak mushagining orqa va tashqari tomonidagi tashqi do‘mboqdan yozuvchi mushaklar: panjani yozuvchi uzun va kalta bilak, panjani yozuvchi umumiy, panjani yozuvchi tirsak va tirsak mushaklari (m.m. extensor capri radialis, longus et brevis, extensor digitorum communis, extensor capri ulnaris onconeus) boshlanadi. Shu joyga uch boshli mushakning payi tirsak o‘simtasiga kelib yopishadi va sinovial xalta – bursa subtendenea olecrani ni hosil qiladi.
Ichkari tomonda, medial do‘mboqchasi bilan tirsak o‘simtasi orasida tirsak bo‘g‘imiga tegib, o‘z fastsiyasiga o‘ralgan holda tirsak nervi (n.ulnaris) o’tadi va u уerdan barmoqlarni bukuvchi uzun mushaklarning ikkala boshchalari orasidan o’tib, tirsakka tushadi (7 -rasm).
Tirsak bo‘g‘imi (articulatio cubiti). Bu bo‘g‘im uchta suyaklarning, ya'ni уelka suyagining pastki (distal) uchi bilan, bilak va tirsak suyaklarining ustki (procsimal) uchlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, uchta bo‘g‘imni o‘z ichiga oladi. Bular уelka suyagi bilan bilak suyagi o‘rtasidagi (articulatio humeroradialis), уelka suyagi bilan tirsak suyaklari orasidagi (articulatio humeroulnaris) va bilak suyagi bilan tirsak suyaklari orasidagi bo‘g‘im (articulatio radioulnaris proximalis) dir. Birinchi bo‘g‘imda – bilakni bukish va yozish harakatlari, ikkinchi bo‘g‘imda – bilakni bukish va yozishdan tashqari pronatsiya, supinatsiya va aylanma harakatlari sodir bo‘ladi.
Bo‘g‘im qobig‘i oldingi sohada orqadagiga nisbatan ancha mustahkamroq bo‘lib, u уelka suyagining oldingi yuzasiga, bilak va toj chuqurchalari ro‘parasida birikadi. Suyakning orqa yuzasiga tirsak chuqurchasi ustida, yon tomonlaridagi do‘mboqchalar asosiga birikadi. Bo‘g‘im qobig‘i bilak suyaklariga, ularning bo‘yinchalariga va uning ustki qismiga birikadi.
Bilak-tirsak bo‘g‘im sohasida, bo‘g‘im qobig‘i ko‘r tugaydigan xaltasimon cho‘ntakni (recessus sacciformis) hosil qiladi.
Bo‘g‘im qobig‘ini quyidagi boylamlar mustahkamlaydi: bilak suyagining xalqali boylami (lig. anulare radii) – bilak suyagining bo‘ynini va boshchasini o‘rab, bilak atroflariga birikadi; tirsak suyagining xalqali boylami (lig. anulare ulnare) ichki do‘mboqchadan tirsak suyagiga boradi; tirsak yonlama boylami (lig. collaterale radiale) - tashqi do‘mboqchadan bilak suyagiga boradi.
Epifizar chiziqlar bo‘g‘im bo‘shlig‘ida joylashadi. Bo‘g‘imning qon bilan ta'minlanishi, asosan, tirsak bo‘g‘imi qon tomirlari hisobiga bo‘ladi. Innervatsiyasi esa bilak, tirsak va o‘rta nerv tolalarining hisobiga bo‘ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling